Линклар

Шошилинч хабар
18 апрел 2024, Тошкент вақти: 19:20

O‘zbekiston choy iste‘moli bo‘yicha yetakchi o‘rinda


O‘zbekiston dunyoda choy iste‘mol qilish jihatidan dunyodagi yetakchi o‘rinlardan birini egallaydi.

12new.uz internet nashrining rasmiy ma‘lumotlarga tayanib xabar berishicha, O‘zbekistonda yillik choy bozori hajmi 45 ming tonnani tashkil etadi. Yiliga kishi boshiga 2 kilo 650 gramm choy iste‘mol qilinadi. Taqqoslash uchun aytadigan bo‘lsak, Yaponiyada bu ko‘rsatkich 680 gramm, AQShda esa 430 grammga teng.

O‘zbekistonga choy xom ashyosi asosan Xitoy (bozorning taxminan 58 foizi), Eron (25%) va Shri-Lankadan (4%) olib kelinadi.
XS
SM
MD
LG