Линклар

logo-print
O‘zbekiston huquq-tartibot idoralari Xalq bankining Namangan filiali bo‘lim boshlig‘i Xurshidbek Vohidovni qo‘lga oldi.

Bu haqda 12uz.com sayti Kosonsoy tuman prokuraturasi vakili Otabek Rustamov so‘zlariga tayangan holda xabar qiladi.

Prokuratura vakilining aytishicha, Vohidov Xalq bankining Toshkentdagi plastik kartochkalar bilan ishlash boshqarmasidan bank siri bo‘lib hisoblangan ma‘lumotlarni o‘g‘irlagan.

- Shu ma‘lumotlar asosida u Xalq bankining Namangan viloyatidagi 9 ta bo‘limida 565 mijozga rasmiylashtirilgan plastik kartochkalardan 63 million so‘mdan ko‘proq pul o‘g‘irlagan, - deya qayd etadi Otabek Rustamov.

Prokuratura vakili mazkur hodisa yuzasidan jinoyat ishi ochilgani va hozirda tergov olib borilayotganini qo‘shimcha qilgan.
XS
SM
MD
LG