Линклар

Apple vs. Samsung: Sud Janubiy Koreya shirkatiga qo'yilgan jarimani kamaytirdi


Apple shirkatining iPhine 3G (chapda) va Samsung shirkatining Galaxy S smartfonlari.

Apple shirkatining iPhine 3G (chapda) va Samsung shirkatining Galaxy S smartfonlari.

AQShda Kaliforniya sudi Samsung shirkatining Apple shirkatiga to'lashi kerak bo'lgan tovon pulini bir milliarddan qariyb 600 million AQSh dollarigacha qisqartirdi.

Sudya Lyusi Koxga ko'ra, dastlabki sud qarorida qator xatolarga yo'l qo'yilgan. Jumladan, patent huquqlari buzilishida Apple shirkatiga yetkazilgan moddiy zararga noto'g'ri baho berilgan.

Jahon mobil telefonlar bozorida yetakchilik qilayotgan Apple va Samsung shirkatlari o'rtasidagi patent mojarosi 2011 yilning aprel oyida boshlangan.

Unda Apple Samsung ni qo‘chirmachilikda ayblab, 2,5 milliard dollar tovon puli talab qilgan edi.

2012 yili Amerika mahkamasi Janubiy Koreyaning Samsung shirkatini smartfoni va kompyuter tabletlarini yaratish uchun Amerikaning Apple shirkati kashfiyotlarini o‘g‘irlaganlikda ayblagan va Apple shirkatiga 1 milliard dollardan ziyod zararni to‘lashi kerak, degan qaror chiqargan edi.

Samsung esa javob tariqasida 399 millionlik qarshi da‘vo ishi qo‘zg‘agan.

Avvalroq Seul shahri sudi ikkala shirkatni ham bir-biriga tegishli patentlarni buzganlikga aybdor deb topib, ular chiqaradigan texnologiyalarni Janubiy Koreyada qisman ta‘qiqlagan edi.

Apple va Samsung o‘rtasidagi patent mojarosi yana qator davlatlarda davom etmoqda.
XS
SM
MD
LG