Линклар

Шошилинч хабар
10 май 2024, Тошкент вақти: 12:52

Rayan Giggz "qizil iblislar" safida 40 yoshigacha o'ynaydi


Angliya Premyer-Ligasining "Manchester Unayted" klubi yarim himoyachisi Rayan Giggz jamoa bilan 2014 yilning iyuniga qadar, ya'ni 40 yoshigacha yangi shartnoma imzolaganini ma'lum qildi.

1973 yilning 29 noyabrida tug'ilgan uelslik Giggza futbolchilik faoliyatini 1991 yilda "Manchester Yunayted" tarkibida boshlagan edi. Shu kungacha jamoasini almashtirmagan Rayan Giggz "qizil iblislar" safida 931 uchrashuvda maydonga tushib, ularda 168 gol urishga muvaffaq bo'lgan.

U "Manchester Yunayted" safida 12 marta Angliya Premyer-Ligasida, to‘rt martadan Angliya Kubogi va Ligasi Kubogi musobaqalarida g‘olib chiqqan. 1999 va 2008 yillarda futbolchi jamoasi bilan birga Yevropa Chempionlar ligasida zafar quchgan.

"Yunayted" bosh murabbiyi ser Aleks Fergyusson Giggzni hali hal futbol o'ynashni sevishini va bu narsa boshqa futbolchilar uchun ibrat bo'lishi kerakligini ta'kidladi.

39 yoshga kirganiga qaramay Giggz "qizil iblislar" safida joriy mavsumning barcha 19 uchrashuvida maydonga tushib, 4ta gol urishga muvaffaq bo'ldi.

5 mart kuni "Manchester Yunayted" jamoasi o'zining "Old Trafford" stadionida Chempionlar Ligasi nimchorak bahslari doirasida Ispaniyaning "Real Madrid" jamaosini qabul qiladi. Ushbu uchrashuv Rayan Giggz professional futbol karyerasidagi 1000-o'yin bo'lishi aytilmoqda ("MU" safida 931, Uels termasi safida 60 va Britaniya Olimpiya termasi safida 4 o'yin).
XS
SM
MD
LG