Линклар

Forbes jurnali e‘lon qilgan 2013 yilgi eng badavlat odamlar reytingida dunyo bo‘ylab 1426 milliarder nomi keltirilgan. Ularning umumiy boyligi 5,4 trillion AQSh dollarini tashkil etadi.
Joriy yil reytingiga 42 davlatdan 210 yangi milliarder qo‘shilgan. O‘tgan yilgi ro‘yxatdagi 60 kishi yangi reytingga kiritilmagan.
Milliarder ayollar soni o‘tgan yilgiga qaraganda 104 kishidan 138 kishiga oshgan.
Dunyoning eng boy kishisi sifatida mol-mulki 73 milliard AQSh dollariga baholanayotgan meksikalik Karlos Slim e‘tirof yetilgan. Slim so‘nggi uch yildan beri Forbes ro‘yxatining birinchi pog‘onasini egallab kelmoqda.
Ikkinchi o‘rinni 67 milliard dollar bilan Microsoft shirkati asoschisi Bill Geyts egalladi.
Forbes jurnalining bu yilgi reytingida asli o‘zbekistonlik Rossiya fuqarosi Alisher Usmonov 17,6 milliard dollar bilan 34-pog‘onani egallagan. Jurnalga ko‘ra, Usmonov Rossiyaning eng boy odamidir.
XS
SM
MD
LG