Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 18:13

Futbol: O‘zbekiston klublari IFFHS reytingida yuqoriladi


"Paxtakor" muxlislari Paxtakor markaziy stadionida.
"Paxtakor" muxlislari Paxtakor markaziy stadionida.
Xalqaro futbol tarixi va statistikasi qo‘mitasining (IFFHS) dunyo klublari yangi reytingida O‘zbekistonning “Bunyodkor” va “Paxtakor” klublari bir necha pog‘ona yuqoriga ko‘tarildi.

Mart oyidagi reytinga “Bunyodkor” o‘tgan oyga nisbatan 15 pog‘ona yuqorilab, 101-o‘ringa ko‘ratilib oldi. “Paxtakor” esa 60 pog‘ona yuqorilab, 236-o‘rindan joy oldi.

Kuzatuvchilarga ko‘ra, o‘zbek jamoalarining reytingda yuqorilashiga asosan ularning Osiyo chempionlar ligasi birinchi turida muvaffaqiyatli ishtirok etgani sabab bo‘lgan.

Umumiy reytinga esa birinchi pog‘onani Angliyaning “Chelsi” jamoasi egallab turibdi. Ikkinchi o‘rinda Ispaniyaning “Atletiko”, uchinchi o‘rinda Germaniyaning “Bavariya”, to‘rtinchi o‘rinda Braziliyaning “Korintians” va beshinchi o‘rinda Ispaniyaning “Barselona” jamoalari turibdi.
XS
SM
MD
LG