Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 21:45

Talaba qizlar sho‘xligini vazirlik muhokama qilmoqda


Internetdagi YouTube.com portaliga Ixtiyor 90 degan mushtariy tarafidan 27 fevral kuni qo‘l telefonidan yuklangan “Uzbek Angren med kollej qizlari” deb nomlangan videotasvirda Angren tibbiyot koleji qizlari deya iddao qilingan shaxslarning kollej darsxonasida jinsiy aloqani imitatsiya qilgan tarzda sho‘xlik qilgani aks etgan.

Videotasvirda aks etgan ikki nafar oq xalatli qiz tibbiyot maskaniga o‘xshaydigan xonada 2 daqiqaga yaqin vaqt ichida turli tarzdagi jinsiy aloqaga taqlid qilishadi.

Atrofda oq xalatli yana bir qizning ularni qo‘l telefoniga olayotgani ko‘rinib ketadi.

O‘smir qizlarning odatiy sho‘xligi kabi ko‘ringan bu video O‘zbekiston xabarlarini tarqatadigan aloqada.com portalida o‘zbek o‘quvchi qizlarining behayo qilmishi degan izoh bilan berilgan.

“Angren tibbiyot kolleji o‘quvchilarining shokka soluvchi vidosi” deb sarlavhalangan matnda angrenlik o‘quvchilar “nomunosib va behayo”¸ deya sifatlanadi.

Ayni matnda bu ma‘lumot va suratga olingan joyning aniq Angren ekani shubha ostiga olinadi.

Angrendagi Tibbiyot kolleji O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligiga qaraydi.

Vazirlikning o‘rta maxsus o‘quv yurtlari boshqarmasidagi ismini aytmagan mulozimiga ko‘ra¸ ayni paytda bu video bilan bog‘liq vaziyat jiddiy muhokama qilinmoqda.

Angren tibbiyot kollejida suratga olingan deb iddao qilingan videoni ko‘rgan ota-onalardan biri O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligining o‘quv muassasalari bo‘yicha mutasaddisi Salima Nazarovaga shikoyat bilan murojaat qilgan.

Suhbat chog‘ida Salima Nazarova video bilan bog‘liq vaziyat jiddiy muhokama qilinayotganini aytgan.

Salima Nazarova bilan gaplashgan ota-onalarning Ozodlikka bildirishicha¸ ayni paytda Angren Tibbiyot kolleji direktorining ma‘naviyat masalalari bo‘yicha muovini¸ guruh rahbarlari va kollej direktori bu video borasida vazirlik mulozimi savollariga javob bermoqda.

Vazirlik mulozimasi Salima Nazarova ota–onalar bilan suhbatda ko‘p narsaga oydinlik kiritishga uringan:

"Agar bu videodagi tasvirlar haqiqatan ham Angren tibbiyot kollejida sodir bo‘lganligi isbotlansa¸ kollej rahbarlarining kallasi ketadi"¸ deb ta‘kidlagan mulozim bu tasvir direktorning o‘rnini egallash uchun intilayotganlar tarafidan ataylab internetga qo‘yilgan bo‘lishi mumkinligi ehtimolini ham aytgan.

"Balki boshqa joyda suratga olib Angren tibbiyot kolleji deb qo‘yishgandir. Hozir direktorning o‘rnini olishga urinayotganlar ko‘p"¸ deya Sog‘liqni saqlash vazirligi mulozimidan iqtibos keltirdi Angren tibbiyot kollejida qizi o‘qiydigan ota-onalardan biri


Smartfonlarga qarshi kurash


Bundan ikki yil oldin Toshkent Islom universiteti qoshidagi kollej talabalarning yarim-yalang‘och holda internetdagi “Odnoklassniki” portaliga suratlarini qo‘ygani bilan bog‘liq janjal chiqqan edi.

Bu voqeadan keyin kollejda o‘qiydigan ikki o‘quvchi qiz haydalagani haqidagi norasmiy ma‘lumotlar paydo bo‘ldi.

Shundan keyin O‘zbekiston Oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi maxsus yo‘riqnoma chiqarib¸ o‘quvchilarning ta‘lim dargohlariga smartfonlar olib kirishini taqiqlab qo‘ygan edi.

O‘zbekiston Oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi ma‘rifat bo‘lim boshlig‘i Jumayev Shamsiddin aka Ozodlik bilan suhbatda talabalar o‘rtasida muntazam tarbiyaviy ishlar olib borilayotgani va internetdagi behayo saytlarga kirmaslik haqida ularga alohida tushuntirilayotganini aytib o‘tdi.

Shamsiddin Jumayevga ko‘ra ta‘lim dargohlari bu ko‘ngil ochish maskanlari emas.

Toshkentdagi kollej o‘quvchilaridan ikki nafari homilador bo‘lgani va ularning balog‘at yoshiga yetmagani Oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligida muhokama qilinganidan keyin o‘quv yurtlarida yoppasiga tibbiy ko‘rik boshlangani haqida Ozodlikda ilgari ma‘lum qilgan edik.


Odobli qiz bo‘lish haqida tilxat


Litsey va kollejlardagi balog‘atga yetmagan qizlarning homilador bo‘lishining oldini olish maqsadida tarbiyaviy soatlar hamda tushuntirish ishlari olib borilayotgani Ozodlik suhbatida bo‘lgan o‘qituvchilar tarafidan aytilgan edi.

Bunday tarbiyaviy soatlar oxirida qizlardan balog‘at yoshiga yetguncha jinsiy hayotdan tiyilish¸ o‘zbekona ma‘naviy qadriyatlarga amal qilish majburiyati zimmaga olingan tilxat yozdirib olinmoqda.

Internetga yuklanayotgan tasvirlar esa o‘quvchilar va o‘qituvchilarning ma‘naviy qadriyatlar haqidagi tasavvuri turlicha ekanidan darak bermoqda.
XS
SM
MD
LG