Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 16:49

Venesuela prezidenti Ugo Chaves vafot etdi


Ikki yildan beri saraton kasalligi bilan kurashib kelgan Venesuela prezidenti Ugo Chaves 58 yoshida vafot etdi.

Chavesning o‘limi haqida vitse-prezident Nikolas Maduro milliy telekanal orqali ma‘lum qildi.

Maduroga ko‘ra, prezident seshanba kuni mahalliy vaqt bilan 16:25 da (Toshkent vaqti bilan 1:55, 6 mart) ko‘z yumdi.

Venesuela rahbariga 2011 yilda saraton tashhisi qo‘yilganidan beri u to‘rtta jarrohlik amaliyotini boshdan kechirgan edi.

Uchinchi operatsiyadan keyin u saratondan to‘la forig‘ bo‘lganini e‘lon qilib, o‘tgan yilning oktyabr oyida yana bir muddatga prezidentlikka saylangan edi.

Biroq 11 dekabr kuni o‘tkazilgan to‘rtinchi jarrohlik amaliyotidan beri Chaves jamoatchilikka ko‘rinish bermay kelgan.

1954 yilda tug‘ilgan Ugo Chaves Venesuelani so‘nggi 14 yil davomida boshqarib kelgan edi.

Avvalroq Venesuela hukumati Chavesning saraton hastaligiga chalinishiga AQSh aybdor ekanini iddao qilgan.

Rasmiy Vashington bu iddaolarni rad etdi.
XS
SM
MD
LG