Линклар

Шошилинч хабар
26 апрел 2024, Тошкент вақти: 00:19

Futbol: "Real Madrid" mehmonda "Manchester Yunayted"ni mag‘lub etdi


Ispaniyaning “Real Madrid” futbol jamoasi Yevropa Chempionlar ligasi nimchorak finali javob uchrashuvida Angliyaning “Manchester Yunayted” jamoasi ustidan 1:2 hisobida g‘alaba qozondi.

Seshanba kuni “qizil iblislar”ning “Old Trafford” stadionida o‘tgan murosasiz oo‘yinda hisob 48-daqiqada ochildi. Serxio Ramos ijrosidagi avtogoldan so‘ng mezbonlar hisobda oldinga chiqib olishdi.

O‘yin 56-daqiqasida esa “Manchester Yunayted” o‘yinchisi Nani qo‘pol o‘ynagani uchun maydondan chetlatildi.

66-daqiqada “Real”ning xorvatiyalik yarim himoyachisi Luka Modrich jarima maydonchasi tashqarisidan bergan chiroyli zarbasi bilan hisobni tenglashtirdi.

Oradan uch daqiqa o‘tib Krishtianu Ronaldu “Real”ni hisobda oldinga olib chidi – 1:2. O‘yin ohirigacha hisob o‘zgarmadi.



Ikki jamoa o‘rtasida 13 fevral kuni “Real” maydonida o‘tgan nimchorak finali dastlabki uchrashuvda 1:1 hisobi qayd etilgan edi.

Shu tariqa, Madridning “Real” jamoasi Yevropa Chempionlar ligasi chorak finaliga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.
XS
SM
MD
LG