Линклар

Al-Qoidaning Internet forumlari tarmoqlashmoqda


Al-Qoida forumlaridan birida veteran jihodchi Muxtor Belmuxtor o‘z maslakdoshlariga videomurojaat qilmoqda.

Al-Qoida forumlaridan birida veteran jihodchi Muxtor Belmuxtor o‘z maslakdoshlariga videomurojaat qilmoqda.

Tashkil topganidan 10 yil o‘tib¸ Al-Qoidaning kalit so‘z bilan kiriladigan Internet forumlari ommaviyligicha qolmoqda. G‘arb rasmiylari¸ bunday forumlarni jihodchilar tomonidan o‘z a‘zolariga maxfiy topshiriq berish vositasi deb biladilar va terrorchilarning yangi mujohid yollash quroli deb atalayotgan bu forumlarni taqiqlashdan bahs etmoqdalar. Ammo bunday taqiqqa qarshi chiqayotgan xavfsizlik mutaxassislari bu forumlarning Al-Qoidaga oid maxfiy ma‘lumot yig‘ishda muhim ekanini ta‘kidlamoqdalar.

Shunday mutaxassislardan biri Vashingtondagi Yaqin Sharq siyosati instituti tahlilchisi¸ “Global onlayn jihodining hozirgi ahvoli” deb nomlangan kitob muallifi Aaron Zelindir.

Ozodlik muxbiri bilan suhbatda ham Zelin¸ Al-Qoidaning Internetdagi forumlari saqlanib qolishi lozim¸ degan fikrni ilgari surdi.

Ozodlik: Avvalambor¸ Al-Qoidaning Internet forumlari mohiyati haqida gaplashsak. Bu forumlar asosan nima haqda?

Zelin: Bu forumlarning aksar qismi eski voqealarga oid. Odatda bu forumlarda dunyoda ro‘y berayotgan voqealar¸ ayniqsa¸ arab dunyosi va G‘arbdagi yangiliklar muhokama etiladi. Bundan tashqari¸ bunday forumlarda bayonotlar¸ videomurojaatlar¸ kitoblar¸ esselar¸ audimurojaatlar qo‘yiladi. Al-Qoida va unga aloqador guruhlarning hamma bayonot va murojaatlarini ham bu forumlardan topish mumkin. Shuningdek bu forumlarda Qur‘onni o‘rganish¸ yoxud xotin-qizlar¸ xavfsizlik va Internet dasturlari haqida ham alohida bo‘limlar bor. Ammo materiallarning asosiy qismini¸ yangiliklar bilan bog‘liq deyish mumkin.

Ozodlik: O‘tgan yozda¸ Al-Qoida tomonidan yuritilayotgan yirik forum saytlaridan biri Shumuh al-Islom forumi xudkushlik hujumi amalga oshirish uchun ko‘ngillilarni qidirayotgani haqoda e‘lon qo‘ydi. Shuningdek¸ bunday forumlar Al-Qoidaga aloqador guruhlar tomonidan u yoki bu hujumlar uchun mas‘uliyatni zimmasiga olish minbari sifatida ham ishlatilmoqda. Bu forumlarning bosh maqsadi terror hujumlarini amalga oshirish uchun odam yollash emasmi?

Zelin: Onlayn forumlarning ikki bir-biridan farqli qismi bor. Bu forumlarda Afg‘oniston¸ Pokiston¸ Yaman yoki Iroqda bo‘lgan shaxslar xabar qoldirib¸ jang maydonidagi so‘nggi vaziyat haqidagi yangiliklarni tarqatishadi. Ikkinchi toifa esa¸ G‘arb mamlakatlaridagi uyida¸ kompyuter oldida o‘tirib olib¸ bu yangiliklarga munosabat bildirayotgan qarsakbozlardir. Ana shu toifa orasidan forumlarga sharh yozishdan charchab¸ nimadir qilishga qaror qiladiganlar chiqadi va ular qo‘liga avtomat olib¸ dunyoning qaysidir bir burchagida borayotgan jihodga qo‘shilishga ahd qiladi. Onlayn jihodchining real jihodchiga aylanganiga oid misollar bor¸ ammo men buni ommaviy jarayon deb atamagan bo‘lardim.

Ozodlik: Siz o‘z hisobotlaringizda Al-Qoidaning Internetdagi faoliyatini Al-Fajr Media distribyutorlik tarmog‘i muvofiqlashtirishi haqida ko‘p yozgansiz. Al-Qoidaning onlayn qo‘rinishi qanday? Bu tashkilotning Internetdagi boshqaruv pillapoyasi qanday?

Zelin: Al-Qoidaning Al-Qoida Arab yarim oroli¸ Al-Qoida Iroq¸ Al-Qoida islomiy Mag‘rib deb deb nomlanadigan qator bo‘limlari bor. Ularning har birida o‘z media minbari bor. Masalan¸ Pokistondagi Al-Qoida As-Sahab Media¸ Yamandagisi Al-Malahim¸ Iroqdagisi Al-Furqon¸ Shimoliy Afrikadagisi Al-Andalus orqali faoliyat yurg‘izmoqda.

Ularning har biri o‘z xabar¸ video va audiomurojaatlarini hozirlab¸ ularni Al-Qoidaning real rahbariyati bilan aloqada bo‘lgan Al-Fajr distribyutorlik tarmog‘iga yuboradilar. Al-Fajr tasdiqlagan materiallar onlayn forumlarga qo‘yiladi va ularga kalit so‘z bilan kirishi shart bo‘lgan mushtariylarga taqdim etiladi.

Ozodlik: AQSh xavfsizlik rasmiylari bunday forumlarni olib tashlashning maqsadga muvofiq emasligi¸ bu forumlar vositasida Al-Qoida faoliyatiga oid maxfiy ma‘lumot yig‘ilayotganini ytadilar. Bu forumlarni qoldirishning manfaatli tomoni nimada? Bu forumlardan razvedka jamoasi qanday ma‘lumot to‘plashi mumkin?

Zelin: Kimning qayerda ekani¸ nima xayol va rejada ekanini bilish¸ albatta¸ razvedka xizmatlari uchun yaxshi. Bu yo‘l orqali nimalar bo‘layotganini ta‘qib etish ancha osonlashadi. Hammasi ko‘rinib turibdi. Bu xuddi ari uyasiga o‘xshaydi¸ arilarning hammasi bir joyda va nima bo‘layotganini ko‘rish mumkin. Ammo hozirda Al-Qoida a‘zolari va tarafdorlari ham borgan sayin Twitter va Facebook kabi kamroq markazlashgan platformalarga ko‘chmoqdalar. Arilar bir uyadan bir necha uyaga ko‘chmoqda va ularni ta‘qib etish ham bugunga kelib og‘irlashmoqda. To‘rt tomonga to‘zib ketgan arilarni kuzatish va nazorat qilish oson ish emas.
XS
SM
MD
LG