Линклар

Шошилинч хабар
23 апрел 2024, Тошкент вақти: 17:05

Futbol: "Barselona" darvozaboni to'rt o'yinga chetlatildi


Ispaniyaning "Barselona" futbol klubi darvozaboni Viktor Valdes Madridning "Real" klubiga qarshi o'tgan o'yin so'ngida referini haqoratlagani uchun mamlakat chempionatining to'rt o'yniga diskvalifikatsiya qilindi.

Bu haqda Kataloniyalik klub rasmiy veb saytida ma'lum qilindi.

Valdes endi "Barsa"ning "Deportivo", "Rayo Valekano", "Selta" va "Malyorka" jamoalari bilan uchrashuvini o'tkazib yuboradi.

"Barselona" va "Real Madrid" jamoalari o'rtasidagi o'yin 2 mart kuni o'tgan edi va unda madridliklar 1:2 hisobida g'alaba qozondi.

Uchrashuvni boshqargan referi Migel Peres qarorlaridan norozi bo'lgan darvozabon Valdes o'yin tugashi bilanoq referi oldiga yugurib kelib, unga baqirishni boshlaydi.

Bunga javoban referi "Barsa" darvozaboniga sariq va qizil kartochka ko'rsatadi.



31 yoshli darvozabon Viktor Valdes Ispaniya chempionatining 2012/2013 mavsumida jami 26 o'yin o'tkazdi. 2013 yilning yanvar oyida Valdes "Barselona" bilan shartnomasini uzaytirmaslikka va amaldagi shartnomasi tugashi bilan boshqa klubga o'tishga qaror qildi.

Ayni damda "Barselona" 26 o'yinda 68 ochko to'plagan holda Ispaniya chempionatida peshqadamlik qilmoqda. Ikkinchi o'rinda esa 57 ochko bilan Madridning "Atletiko" jamoasi joy olgan.
XS
SM
MD
LG