Линклар

Pokistonda nasroniylar uyiga o‘t qo‘yganlikda gumonlangan shaxslar ushlandi


Lohurdagi yong‘in nasroniylarga qarashli ko‘plab uylarning kulini ko‘kka sovurgan.

Lohurdagi yong‘in nasroniylarga qarashli ko‘plab uylarning kulini ko‘kka sovurgan.

Pokistonning Lohur shahrida joylashgan nasroniy mahallalaridagi binolarga o‘t qo‘yish hodisasi bo‘yicha politsiya 150 chog‘li kishini qo‘lga oldi.

Shanba kuni taqriban uch ming kishilik olomon Bodomi Bog‘ mahallasida binolarga o‘t qo‘yib yuborgan, natijada 180 ga yaqin bino, shu jumladan, uy va do‘konlarga shikast yetgan. Hodisa tufayli halok bo‘lgan yoki jarohat olganlar to‘g‘risida ma‘lumot yo‘q.

Mahalliy nasroniylardan birining payg‘ambar Muhammad alayhissalom sha‘niga aytgan tahqiromuz so‘zlariga qarshi norozilik o‘laroq shanba kuni Lohurda boshlangan miting ko‘p o‘tmay tartibsizlikka aylanib ketgandi. Bu yigit juma kuni hibsga olingan. Shakkoklikda ayblanayotgan nasroniy yigitning o‘lim jazosiga hukm qilinishi mumkinligi aytilmoqda.

Yakshanba kuni Lohur va Karachi shaharlarida minglab nasroniy hukumatdan o‘z xavfsizligini ta‘minlashni talab qilib, ko‘chalarga chiqdi.
XS
SM
MD
LG