Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 13:18

Bokudagi namoyish kuch bilan tarqatildi


Ozarbayjon politsiyasi Boku shahrida namoyishchilarga qarshi rezina o‘qlar, suv sepadigan qurollar va ko‘zdan yosh oqizuvchi gaz qo‘lladi. Norozilik aktsiyasiga mamlakat armiyasida yangi askarlarga nisbatan yomon munosabatda bo‘lingani sabab bo‘lgan.

Ozodlik radiosi Ozarbayjon xizmati ma‘lumotiga ko‘ra, Ozarbayjon armiyasida yosh askarlarga nisbatan tahqirlovchi munosabat va o‘lim hollaridan norozi bo‘lib 10 mart kuni namoyishga chiqqan o‘nlab odam hibsga olingan.

Namoyish qatnashchilari “Askarlarimiz o‘ldirilishini to‘xtating!” degan shiorlarni aytib qichqirgan.

Ko‘plab politsiya xodimi joylashtirilgani va yo‘llar to‘sib qo‘yilganiga qaramay, Boku markazidagi namoyishda taxminan 500 kishi qatnashgan.

Namoyishda armiyada o‘g‘illari o‘lgan yoki zo‘ravonlikdan jabrlargani iddao qilingan askarlarning ota-onalari ham ishtirok etgan.

Namoyishchilardan biri Ozolik muxbiriga mamlakat armiyadagi vaziyatdan shikoyat qildi.

- Biz bunday adolatsizlikka toqat qila olmaymiz. Bu armiyadagi noto‘g‘ri munosabat va tahqirlashdir. Bu xalqimizga nisbatan genotsid emasmi? Ular 18 – 20 yoshdagi bolalarimizni o‘ldirishyapti, dedi namoyishda qatnashayotgan ayollardan biri.

To‘qnashuv sodir bo‘lganidan keyin politsiya namoyishchilar va jurnalistlarga maydonni tark etish haqida buyruq berdi.

8 mart kuni o‘tkazilgan shu kabi namoyishda bir necha faol qo‘lga olinib ulardan uch nafari noqonuniy ravishda giyohvanlik moddalari va qurollarga ega bo‘lganlikda ayblangan edi.

Muxolifat rahbarlari politsiya shu yo‘l orqali yakshanba kuniga rejalangan namoyishni to‘xtatishga uringanini aytgan.

Joriy yil 7 yanvar kuni Jayxun Gubatov ismli askar armiyada o‘lgani Ozarbayjonda norozilik aktsiyalari boshlanishiga turtki bo‘lgan. 10 mart kungi namoyish ham shulardan biri edi.

Mudofaa vazirligi Gubatov yurak hurujidan o‘lganini aytgan. Biroq marhumning yaqinlari Jayxun Gubatov o‘ldirilgan degan ishonchda.

Ozarbayjon hukumati qo‘shni Armanistonga o‘z qudratini namoyish qilish uchun so‘nggi yillarda harbiy harajatlarini oshirib kelmoqda.

O‘tgan asrning 90-yillari boshida ikki davlat aholisining aksar qismi arman bo‘lgan Ozarbayjonning Tog‘li Qorabog‘ mintaqasi uchun urush olib borgan.
XS
SM
MD
LG