Линклар

logo-print
Eron hukumati mamlakat ichida Internetdagi to'siqlarni yorib o'tishga va tarmoqda anonim qolishga yordam beruvchi VPN kanallariga blok qo'ydi.

Bu haqda Reuters axborot agentligi Islom Respublikasi parlamentining Axborot va aloqa texnologiyalari qo'mitasi rahbari Ramzenali Sobhani-Fardga asoslanib xabar berdi.

Parlament vakiliga ko'ra, Eronda "noqonuniy VPN-portlari"ning to'silishi Google va Yahoo! xizmatlarining ishiga ham ta'sir ko'rsatishi mumkin.

Reuters agentligining xabar berishicha, mustaqil VPN-kanallar to'silganidan beri Eron ichida Skype va Viber xizmatlarining internet-telefoniya funksiyalari ishlamay qolgan.

VPN (Virtual Private Network) - mamlakatdan tashqarida bo'lgan mustaqil va xususiy tarmoqlarga maxfiy va shifrlashgan aloqa o'rnatish xizmati. Ushbu xizmat foydalanuvchiga to'sib qo'yilgan veb-sahifalarga kirish hamda Internetda anonim qo'lish imkoniyatini beradi.

Eslatamiz, Eron Interneti erkin bo'lmagan mamlakatlar qatoriga kiradi. Bu mamlakatda Internet tarmoqlaridagi ommaviy axborot vositalarni nazorat qilib boruvchi maxsus Kiberpolitsiya ham mavjud.

Aynida damda Eronda qator veb-saytlarga, jumladan, Facebook va Twitter ijtimoiy tamoqlariga ham to'siq qo'yilgan.

AQShdagi “Freedom House” tashkilotining dunyo bo‘ylab Internet erkinligiga oid so'nggi hisobotida Eron vaziyat eng abgor mamlakat sifatida baholangan va ro‘yxat so‘nggida qayd etilgan.

Шарҳларни кўрсатинг

XS
SM
MD
LG