Линклар

FT: "O‘zbekiston: muhim lekin muammoli ittifoqchi”


Britaniyaning nufuzli gazetasi keyingi bir hafta ichida O‘zbekistonga oid ikkinchi maqalani e‘lon qilmoqda.

Britaniyaning nufuzli gazetasi keyingi bir hafta ichida O‘zbekistonga oid ikkinchi maqalani e‘lon qilmoqda.

Britaniyaning nufuzli The Financial Times gazetasi e‘lon qilgan O‘zbekistonga oid navbatdagi maqolada G‘arbning Toshkent bilan munosabatlarining muammoli qirralariga nazar tashlanadi.

Toshkentning G‘arb bilan aloqalariga bag‘ishlangan maqola “O‘zbekiston: muhim lekin muammoli ittifoqchi”, deb nomlanadi. Afg‘onistondagi qo‘shinlarini moddiy ta‘minlashda NATOga tranzit yo‘lagini ochib berayotgani evaziga AQSh va Yevropa Ittifoqining hamkoriga aylangan O‘zbekistonda inson huquqlari, demokratiya, matbuot erkinligi va korruptsiyaga oid muammolar tilga olinadi maqolada.

Maqola muallifi 30 million aholisi bor O‘zbekistonning yangi tarixida ro‘y bergan eng dahshatli voqea – 2005 yil Andijon qirg‘inida yuzlab namoyishchi o‘ldirilgani Vashington tomonidan tanqid ostiga olingach, AQSh harbiylari Qarshi-Xonobod bazasidan xaydalganini ham eslatadi.

Shunga qaramay, keyingi yillarda O‘zbekiston o‘z hududi orqali o‘tadigan, AQSh Afg‘onistondagi qo‘shinlarni ta‘minlashda ishlatayotgan Shimoliy ta‘minot tarmog‘i tufayli g‘arb bilan munosabatlarni yaxshilashga muvaffaq bo‘ldi, ayni yo‘lak qo‘shinlarni olib chiqishda ham muhim ahamiyatga ega bo‘lishi mumkin, deya yozadi The Financial Times.

Shu bilan birga, O‘zbekistondagi inson huquqlari va demokratiyaga oid vaziyat, korruptsiya muammolari bois bu mamlakat AQSh va Yevropa Ittifoqi uchun muammoli ittifoqchidir. Chunki O‘zbekiston inson huquqlari tashkilotlarining doimiy tanqid ob‘ekti bo‘lib qolmoqda, deyiladi yana maqolada.

Kuzatuvchilar AQSh va Pokiston o‘rtasida munosabatlar yaxshilanayotgani va bu mamlakat Afg‘onistondan qo‘shinlarni olib chiqish uchun muqobil yo‘lak bo‘lishi mumkin, demoqda. Agar bu to‘g‘ri bo‘lib chiqsa, Toshkentga nisbatan munosabat yana keskinlashishi mumkin, deya xulosa qiladi The Financial Times.

Britaniyaning nufuzli gazetasi keyingi bir hafta ichida O‘zbekistonga oid ikkinchi maqalani e‘lon qilmoqda. O‘tgan hafta “O‘zbekiston: Yakkayu yagona rahnamo xonim” nomli maqola O‘zbekiston prezidentining to‘ng‘ich qizi Gulnora Karimovaga bag‘ishlangan edi.
XS
SM
MD
LG