Линклар

Bugun, seshanba kuni Vatikanda Kardinallar ishtirokida Katolik chekovining 266-chi Papasini saylash marosimi boshlanadi.

Jami 48 mamlakatdan kelgan 115 Kardinal qadimiy an‘anaga ko‘ra konklav o‘tkazish uchun “Sikstin Kapellasi” cherkoviga kiradi.

Kuzatuvchilar Rim Papasi saylovida italiyalik nomzod Angelo Skola va braziliyalik nomzod Odilo Sherer imkoniyatlarini yuqoriroq baholamoqda.

Rim katolik cherkoviga yangi oliy ruhoniy bo‘lib saylanish uchun nomzodlar 77 yoki undan ko‘proq ovoz to‘plashi kerak.

An‘anaga ko‘ra, Vatikandagi avliyo Pyotr maydoniga yig‘ilgan minglab ziyoratchilar va jurnalistlar yangi Papa saylanganini “Sikstin kapellasi” cherkovi mo‘risidan chiqadigan tutun orqali bilib olishadi.

Qora tutun saylov natijasiz yakunlangani, oq tutun esa yangi Papa saylanganini anglatadi.

Yangi Papani saylash jarayoni bir necha kunga cho‘zilishi mumkin.

Eslatamiz, fevral oyi ohirida Rim Papasi Benedikt XVI rasman papalikdan iste‘fo berib, katolik cherkovining keyingi 600 yillik tarixida rutbadan o‘z ixtiyori bilan voz kechgan ilk papa bo‘ldi.

85 yoshga kirgan papa iste‘fo sabablarini sog‘ligi og‘irlashgani bilan izohlagan.

Ammo, xalqaro axborot vositalarida Vatikan ruhoniylari orasida "besoqolbozlik"ni qo‘llagan ichki lobbichilar guruhi borligiga oid iddaolar Benedikt XVI ning ketishiga asl sabab ekani haqidagi maqolalar chop etilmoqda.
XS
SM
MD
LG