Линклар

logo-print

FIFA Server Jeparovga yangi jamoasida o‘ynash huquqini berdi


Server Jeparov "Osiyoning eng yaxshi o'yinchisi" mukofotini FIFA rahbari Zepp Blatterdan qabul qilib olmoqda. Kuala Lumpur, noyabr 2011.

Server Jeparov "Osiyoning eng yaxshi o'yinchisi" mukofotini FIFA rahbari Zepp Blatterdan qabul qilib olmoqda. Kuala Lumpur, noyabr 2011.

Yaqindagina Janubiy Koreyaning “Seongnam Ilva Chunma” futbol klubiga o‘tgan O‘zbekiston milliy termasi sardordi Server Jeparov endi yangi jamoasi o‘yinlarida bemalol ishtirok etishi mumkin.

Bungacha uning avvalgi jamoasi “Al-Shabab” (Saudiya Arabistoni) Jeparovni rozilik olmasdan yangi klubga o‘tib ketganlikda ayblab kelayotgan edi.

Xabarlarga ko‘ra, ushbu masala FIFA tashkiloti aralashuvi bilan hal qilingan.

Xalqaro futbol uyushmasi masalani Server Jeparov foydasiga hal etib, unga Koreya klubida o‘ynash huquqini beruvchi sertifikat bergani aytilmoqda.

30 yoshli o‘zbekistonlik futbolchi Server Jeparov ikki karra – 2008 va 2011 yillari Osiyoning eng yaxshi futbolchisi, deb e‘tirof etilgan.
XS
SM
MD
LG