Линклар

Abdulaziz Komilov Jon Kerri bilan uchrashdi


O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov AQSh Davlat kotibi Jon Kerri bilan 12 mart kuni Vashingtonda uchrashdi.

O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov AQSh Davlat kotibi Jon Kerri bilan 12 mart kuni Vashingtonda uchrashdi.

O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov 12 mart kuni Vashingtonda AQSh Davlat kotibi Jon Kerri bilan uchrashdi. Muzokaralar oldidan o‘tkazilgan matbuot brifingida ikki vazir muzokaralar kun tartibidan Afg‘oniston masalasidan tashqari inson huquqlari ham muhokama qilinishini bildirishdi.

Seshanba kungi uchrashuv boshlanishidan oldin Jon Kerri va Abdulaziz Komilov muxbirlar oldida qisqacha chiqish qildi. Kerri AQSh O‘zbekistonning Afg‘oniston bo‘yicha hamkorligini yuqori baholashini aytib, Komilovga minnatdorchilik bildirdi.

- O‘zbekiston Afg‘onistonga yordam tarqatishda juda, juda muhim yordam ko‘rsatib kelmoqda. O‘zbekiston ayrim muhim infratuzilmalarni qurish loyihalarida, Afg‘onistonga temir yo‘l qurilishi va elektr ta‘minoti faol ishtirok etmoqda. Biz inson huquqlari va boshqa masalalarni ham muhokama qilmoqchimiz,- dedi AQSh davlat kotibi.

O‘z navbatida O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri muxbirlarga muzokara kun tartibi haqida bularni ma‘lum qildi.

- Biz o‘zaro munosabatlarning hozirgi ahvoli, siyosiy, iqtisodiy va gumanitar sohalardagi hamkorlik haqida fikr almashamiz. Albatta, biz Afg‘oniston muammosini ham ko‘taramiz. Biz Qo‘shma Shtatlar bilan juda yaqin hamkorlik qilib kelyapmiz. Afg‘oniston va Markaziy Osiyo mintaqasida tinchlik va barqarorlik o‘rnatish uchun buz bunday hamkorlikni davom ettirish niyatidamiz,- dedi Abdulaziz Komilov.

Seshanba kuni Rossiya xabar agentliklari O‘zbekiston delegatsiyasining Vashingtonga safari chog‘ida Vashington-Toshkent o‘rtasidagi strategik hamkorlik, O‘zbekiston armiyasini NATO standartlariga o‘tishi kabi masalalar ham muhokama etilishini xabar qildi.

Tashrif arafasida Hyuman rayts uotch inson huquqlari tashkiloti AQSh davlat kotibi Jon Kerrini Abdulaziz Komilov bilan uchrashuvda O‘zbekistonda inson huquqlari vaziyati yomonlashib borayotgani xususida xavotir bildirishga chaqirgan edi.

O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasining AQShga uch kunlik safari 13 mart kuni tugaydi.

O‘zbekistonning AQShdagi sobiq elchisi bo‘lgan Abdulaziz Komilov tashqi ishlar vaziri lavozimini egallaganidan beri ilk bor Vashingtonga safar qilmoqda.
XS
SM
MD
LG