Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 10:07

Yangi Rim Papasi saylandi


Xorxe Mario Bergolo Rim-katolik cherkovining 266 – Papasi etib saylandi. 76 yoshli Papa bungacha Argentina kardinali bo‘lgan.

Xorxe Mario Bergologa Papa sifatida Frantsis Birinchi degan nom berildi.

Vatikanda ikki kun davom etgan Papa saylovida bir yuz o‘n besh kardinal yashirin ovoz berdi. Papa saylovi to‘rt bosqichda o‘tkazildi. Saylovda g‘alaba qilish uchun nomzod kamida 77 ovoz olishi kerak edi.

Vatikandagi Avliyo Petr maydonida o‘n minglagan katolik Papa saylanishini kutib turdi.

Mazkur saylov Papa Benekdit XVI salomatligi tufayli iste‘foga chiqqanini e‘lon qilgani munosabati bilan o‘tkazildi.
XS
SM
MD
LG