Линклар

AQSh harbiylarining Afg‘onistondagi terror bazalarini yo‘q qilishga qaratilgan amaliyotlari davomida qo‘lga olinib¸ umrining 9 yilini Guantanamo qamog‘ida o‘tkazgan o‘zbekistonlik Kamoliddin Qosimbekov Ozodlik muxbiri bilan suhbatda shunday deydi.

2002 yil yanvarida Kubaning Guantanamo qo‘ltig‘ida AQSh manfaatlariga tahdid qilganlikda gumonlangan ehtimoliy terrorchilarni saqlash uchun maxsus ochilgan o‘ta qattiq qo‘riqlanuvchi qamoqxonaga tashlanganlar orasida to‘rt nafar O‘zbekiston fuqarosi ham bor edi.

Guantanamo tutqunlarini himoya qilish bilan shug‘ullangan amerikalik advokat Maykl Mon Guantanamoda saqlangan o‘zbekistonliklarning Oybek Jabborov, Kamoliddin Qosimbekov, Alisher Hamidullayev va Shohrux Hamidovlar ekani haqida ma‘lumot bergan edi. Terrorizm bilan bog‘liq barcha ayblovlar olib tashlangan bu to‘rt mahbusdan ikkitasiga Irlandiya¸ bittasiga Shveytsariya va yana so‘nggisiga¸ Latviya hukumati boshpana berdi.

Kuni-kecha ana shu so‘nggi mahbus¸ Latviyadan boshpana topgan Kamoliddin Qosimbekov Ozodlik radiosiga murojaat qildi va bugungi hayoti¸ qolaversa¸ Guantanamodagi o‘tmishi haqida hikoya qilib berish istagini bildirdi.

Umrining 9 yilini AQSh harbiylariga qarashli Guantanamo qamoqxonasida o‘tkazib¸ Amerika harbiy mahkamasi tomonidan oqlangach¸ Latviyadan boshpana topgan toshkentlik Kamoliddin Qosimbekov hayoti hikoyasini quyida to‘lig‘icha tinglashingiz mumkin.

XS
SM
MD
LG