Линклар

logo-print
Toshkentning "Bunyodkor" futbol klubi kecha, 13 mart kuni Osiyo Chempionlar lgiasi musobaqasining guruh bosqich 2-turida o'z uyida Janubiy Koreyaning "Pohang Stilers" jamoasi bilan 2:2 hisobida durang o'ynadi.

JAR maydonida o'tgan o'yinda avvaliga "qaldirg'ochlar" hujumchisi Oleksandr Pishur 15-daqiqada hisobni ochdi. Qarib jarima maydonchasiga ikki himoyachini qoyillik bilan aldab o'tgan Pishurning yaqin masofadan bergan zarbasi aniq nishonga yetdi.

Ikkinchi bo'limda esa mehmonlar hujumga kuchli e'tibor qaratishdi. Natijada "Bunyodkor" o'z darvozasidan ikki gol o'tkazib yubordi. Gollarga 62-daqiqada Li Myong Ju, 67-daqiqada esa Gvang Xun Li mualliflik qilishdi.

Besh daqiqa ichida ikki gol o'tkazib yuborgan "Bunyodkor" o'yin so'nggiga borib yana jonlashdi va qo'shib berilgan daqiqalarda hisobni tenglashtirdi. Golga Kamoliddin Murzoyev mualliflik qildi.



Ayni damda "Bunyodkor" jamoasi Osiyo Chempionlari ligasi bellashuvlarining "G" guruhida bir g'alaba va bir durang natijadan so'ng to'rt ochko to'plagan holda peshqadamlik qilmoqda.
XS
SM
MD
LG