Линклар

logo-print
Venesuela rasmiylari¸ mamlakatning yaqinda vafot etgan prezidenti Ugo Chaves jasadini mo‘miyolash rejasining amalga oshmay qolishi haqida bayonot berdilar.

Jasadni mo‘miyolash uchun chaqirtirilgan Rossiya va Germaniya mutaxassislari bu ish ancha oldin boshlangan bo‘lishi lozimligi bildirganidan so‘ng mamlakat muvaqqat prezidenti Nikolas Maduro ham: “Biz o‘ylagan ishimizni amalga oshira olmaydiganga o‘xshaymiz”¸ deya bayonot berdi.

Ugo Chaves o‘tgan hafta uzoq davom etgan saratondan so‘ng 58 yoshda vafot etdi.

Hozirda Chaves jasadi venesuelaliklar vidolashuvi uchun Karakasdagi harbiy akademiyaga qo‘yilgan.
XS
SM
MD
LG