Линклар

logo-print
BMT Rivojlanish dasturi 2013 yilgi Inson taraqqiyoti indeksini e‘lon qildi.

Davlatlarning sog‘liqni saqlash¸ maorif¸ aholi daromadi kabi ko‘rsatkichlar bo‘yicha vaziyati tadqiq qilinadigan bu ro‘yxat tepasidan Norvegiya¸ Avstraliya va AQSh joy oldi.

187 davlat kiritilgan 2013 yilgi hisobotda O‘zbekiston 114- o‘rinni egalladi va qariyb ikki yildan beri fuqarolar urushi borayotgan Suriya bilan yonma-yon qo‘yildi.

Hisobot mualliflariga ko‘ra¸ o‘tgan o‘n yillar davomida dunyo davlatlarida inson taraqqiyotini yuqori darajaga ko‘tarishga qaratilgan jiddiy ishlar amalga oshirilgan va bu borada jiddiy natijalarga erishilgan.

"Bu urinishlar oqibatida jahondagi tengsizlik nisbatan kamaydi"¸ deyiladi hisobot xulosasida.

Bu borada¸ BMT tahlilchilariga ko‘ra¸ ayniqsa Hong-Kong¸ Latviya¸ Koreya Respublikasi¸ Singapur va Litvada eng katta taraqqiyotga erishilgan.

Markaziy Osiyodan faqat Qozog‘istongina hisobotning inson taraqqiyotini jadallik bilan rivojlantirgan dunyoning besh davlati safiga qo‘shilgan va umumro‘yxatning 69-pog‘onasiga qo‘yilgan.
XS
SM
MD
LG