Линклар

logo-print

Samsung shirkati Galaxy S4 smartfonini e'lon qildi


O'tgan yilning may oyida taqdim etilgan Galaxy S3 smartfoni 40 million donada sotilgani aytilmoqda.

O'tgan yilning may oyida taqdim etilgan Galaxy S3 smartfoni 40 million donada sotilgani aytilmoqda.

Janubiy Koreyaning elektronik mahsulotlar ishlab chiqaruvchi Samsung shirkati 15 mart kuni Nyu York shahrida o'tkazilgan tadbirda o'zining yangi - Galaxy S4 smartfonini taqdim etdi.

Galaxy S seriyasidagi yangi apparatga qator yangiliklar kiritilgan. Undagi eng katta o'zgachalik "bog'lanishsiz interfeys" ekani aytilmoqda.

Smart Scroll va Smart Pause nomlarini olgan yangi funksiyalar orqali foydalanuvchi smartfon ekraniga barmoqlarini tekkizmasdan sahifani yuqori yoki pastga yo'naltirish hamda video va audio fayllarni to'xtatish imkoniyatiga ega bo'ladi.

Mashable texnoblogiga ko'ra, barmoqlarsiz boshqariladigan funksiyalar Galaxy S4 smartfonining old tarafidagi kamerasiga o'rnatilgan foydalanuvchi yuzini aniqlovchi mexanizm orqali amalga oshiriladi.

Galaxy S4 ko'rinishidan eksiroq avlodi S3 smartoniga juda o'xshab ketadi. Uning vazni 130 gram va qalinligi 7,9 millimetrga tengdir. Korpusi esa Samsung an'anasiga ko'ra polikarbonatdan ishlangan.

Yangi smartfon ekrani 5 dyuymli bo'lib, u Super AMOLED texnologiyasi yordamida ishlab chiqilgan.

Galaxy S4 16, 32 va 64 gigabayt variantli xotiraga ega bo'ladi. Bunshan tashqari unda MicroSD xotira kartasi uchun slot ham bor.

Smartfonga ikkita kamera o'rnatilgan. Yuz tarafidagi kamera 2 megapiksel bo'lib, orqa tarafidagi asosiy kamera 13 megapikselni tashkil qiladi.

Apparat Android 4.2.2. mobil operatsion tizimi asosida ishlaydi.

Samsung shirkati ko'ra, Galaxy S4 smartfoni sotuvga aprel oyi ohirida, dunyoning 155 mamalakatida chiqadi. Apparatning boshlang'ich narxi qancha bo'lishi hozircha noma'lum.

Janubiy Koreya shirkati Galaxy S seriyasidagi smartfonlarni 2010 yildan beri ishlab chiqaradi. Shu kungacha shirkat 100 milliondan oshiq smartfon sotishga muvaffaq bo'ldi. O'tgan yilning may oyida taqdim etilgan Galaxy S3 smartfoni 40 million donada sotilgani aytilmoqda.

Samsung ayni damda dunyodagi eng katta mobil telefonlari ishlab chiqaruvchi kompanyadir.
XS
SM
MD
LG