Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 06:14

“O‘zbekkino”ga yangi rahbar tayinlandi


Taniqli kinorejissyor Jahongir Qosimov “O‘zbekkino” milliy agentligi bosh direktori etib tayinlandi.

55 yoshli Qosimov bundan avval prezident devonida madaniyat, matbuot va ijodiy tashkilotlar masalalari bo‘yicha mas‘ul xodim va “O‘zbekkino” bosh direktori o‘rinbosari lavozimlarida ishlagan.

Jahongir Qosimov rejissyor sifatida bir qator filmlari bilan tanilgan. Taniqli yozuvchi Murod Muhammad Do‘st va shoir Aleksandr Faynberg bilan birgalikda yozgan stsenariysi asosida u "Dev va pakana", “18-kvadrat” va “Bomba” kabi filmlarni suratga olgan va xalqaro tanlovlar sovrindori bo‘lgan.

2004 yilda suratga olingan “Dev va pakana” filmi Anapadagi “Kinoshok” festivalida “Eng yaxshi erkak roli” uchun mukofotni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, 2007 yilda katta ekranlarga chiqqan “18-kvadrat” filmi Moskvada o‘tgan “Zolotoy vityaz” kinofestivalida Rossiya milliy antiterror qo‘mitasining maxsus sovrinini qo‘lga kiritgan edi.

Rejissyorning so‘nggi yirik kartinasi 2008 yilda suratga olingan “Suv yoqalab” kino asaridir.

Qosimov shu yilning fevral oyida “O‘zbekkino” bosh direktorligidan ketgan A‘zam Isxoqovning o‘rnini egalladi.

Ishoqovning nima sababdan “O‘zbekkino” bosh direktorligi lavozimini tark etgani ma‘lum emas.

A‘zam Ishoqov 2005 yildan buyon “O‘zbekkino”ga rahbarlik qilib kelayotgan edi. U o‘sha yili taniqlik o‘zbek yozuvchisi Murod Muhammad Do‘st o‘rniga “O‘zbekkino” milliy agentligiga rahbar etib tayinlangan edi.


Kinematografiyami yo kassamatografiya


Hozirda O‘zbekistonda kino-videomahsulotlar ishlab chiqarishga izn olgan tashkilotlar soni 700 ga yetgan.

“O‘zbekkino” milliy agentligiga ko‘ra, O‘zbekistonda yiliga 50 dan ziyod badiiy filmlar suratga olinib ekranlarga chiqarilmoqda.

O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan maishiy mavzudagi, kam byudjetli filmlar Markaziy Osiyodagi kinotomoshabinlar tarafidan yaxshi qabul qilinayapti.

Ayni paytda Bollivud yo‘lidan ketayotgan o‘zbek kinosining soni ko‘paygani sayin sifat pasayib ketyapti, degan tanqidlar ham aytilmoqda.

Kinoni durdona san‘at deb bilgan Gulchehra Jamilova kabi ijodkorlar "oz bo‘lsin-soz bo‘lsin" degan gapni ta‘kidlab, bemaza qovunning urug‘i kabi ko‘paygan “kinoasarlar”dan nolishadi.

O‘zbek kinosi va teatr san‘atining yetuk arboblaridan biri Bahodir Yo‘ldoshev Ozodlik bilan suhbatda o‘tgan yili O‘zbekistonda suratga olingan 50 ta filmdan bor-yo‘g‘i 3 tasini kino deb aytilishga loyiq, deb bilishini aytgan edi.
XS
SM
MD
LG