Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 16:58

Ramzan Qodirov futbol hakamini haqorat qilgani uchun uzr so‘radi


Rossiyaning Checheniston Respublikasi Prezidenti Ramzan Qodirov Grozniydagi futbol o‘yini paytida musobaqa hakamini haqorat qilgani uchun uzr so‘radi.

Yakshanba kuni Grozniyning Terek jamoasi bilan Tataristonning Rubin futbol klubi o‘rtasida bo‘lib o‘tgan uchrashuv paytida chechen o‘yinchisiga qizil kartochka bergan referini Qodirov stadion ovoz kuchaytirgichi orqali “sotilgan hakam” deya haqorat qildi.

O‘yin 0-0 hisobida durang natijasi bilan yakunlandi.

O‘yindan keyin Qodirov Instagram ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida “referidan emas futbol dunyosidan” kechirim so‘rashini bildirdi. U yakshanba kungi o‘yindan xafsalasi pir bo‘lganini ham yozdi.

Qodirov shuningdek yakshanba kungi o‘yin yuzasidan tekshiruv o‘tkazilishiga erishish niyatini bildirdi.

Rossiya Premyer ligasi ma‘muriyati hodisa yuzasidan izoh bermadi.

XS
SM
MD
LG