Линклар

Dunyoning yirik sport bellashuvlarida yana O‘zbekistonni tamsil etishni boshlagan gimnastikachi Oksana Chusovitina Fransiyada o‘tgan sport gimnastikasi bo‘yicha Jahon kubogi ikkinchi bosqichida bronza medaliga sazovor bo‘ldi.

Gimnastika sporti mezonlari bo‘yicha nafaqa yoshiga yetib qolgan 38 yoshli Chusovitina medalni tayanib sakrash bahslarida qo‘lga kiritgani aytilmoqda.

Sportdagi kar‘erasini o‘tgan asrning 90-yillarida boshlagan Oksana Chusovitina yirik xalqaro musobaqalarda O‘zbekiston sha‘nini yuqori darajada himoya qilgan edi.

Biroq 2006 yilda u Germaniyaga ko‘chib, 2013 yilgacha shu mamlakat terma jamoasi safida musobaqalarda qatnashib kelgan.

1975 yilda tug‘ilgan Chusovitina dunyo bo‘yicha oltita olimpiadada qatnashgan yagona gimnastikachidir.

Oksana Chusovitina 1992 yilgi Barselona olimpiadasida oltin, 2008 yilgi Pekin olimpiadasida kumush medalni qo‘lga kiritgan.
XS
SM
MD
LG