Линклар

Bugun, 19 mart kuni Vatikanda Fransisk I ning Rim Papasi rutbasiga rasman tayinlash marosimi bo‘lib o‘tadi.

Rim-katolik cherkovi rahbarini rasmiy intronizatsiyasi (taxtga o‘tqazish marosimi)
marosimida qatnashish uchun o‘n mingdan ziyod odam Vatikandagi Avliyo Pyotr maydoniga yig‘ilishi kutilmoqda.

Marosimda jahonning o‘nlab mamlakatlaridan rahbarlar, jumladan, Germaniya Kantsleri Angela Merkel va AQSh Vitse-prezidenti Jo Baydenlar qatnashadi.

Papani taxtga o‘tqazish marosimida qatnashish uchun dunyo pravoslav nasroniylari yetakchisi patriarx Varfolomey Istanbul shahridan Vatikanga kelishi kutilmoqda.

Pravoslavlar rahbari Rim katoliklari va Pravoslav nasroniylar o‘rtasida 1054 yilda boshlangan ixtilofdan beri ilk bor Rim-katolik cherkovi rahbari intronizatsiyasida qatnashadi.

Yangi Rim papasi etib saylangan Argentina kardinali Xorxe Mario Bergolio dunyo katoliklari orasida o‘zining kamtarligi bilan hurmat qozonayotgani aytilmoqda.
XS
SM
MD
LG