Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 14:26

Turkiya poytaxtida ikki portlash yuz berdi


Turkiya poytaxti Anqarada seshanba kuni kechki payt ikki portlash yuz berdi.
Portlashlardan biri Adliya vazirligi oldida, ikkinchi esa mamlakat Bosh vaziri Rajab Toyyib Erdo‘g‘on raislik qilgan Adolat va Tiklanish partiyasi bosh qarorgohida amalga oshirilgan.
Granatalar yordamida uyushtirilgan hujumlarda bir kishi yaralangani aytilmoqda.
Turkiya Ichki ishlar vaziri Muammar Guler portlashlarga terrorist guruh mas‘ul ekanini aytdi. Biroq vazir hujumlar aynan qaysi guruh tarafidan amalga oshirilganini ochiqlamadi.
Kuzatuvchilar Anqaradagi portlashlarni Turkiya hukumati va Qurdiston ishchilar partiyasi o‘rtasidagi muzokaralar fonida yuz berganini urg‘ulashmoqda.
Ikki kundan so‘ng, 21 mart kuni qurd isyonchilari yetakchisi, umrbod qamoq jazosiga hukm qilingan Abdullah O‘jalan 40 ming kishi o‘limiga sabab bo‘lgan nizoni to‘xtatish taklifi bilan chiqishi kutilayotgan edi.
XS
SM
MD
LG