Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 13:59

O‘zbekistonlik ilk sportchi Sochi-2014 litsenziyasini qo‘lga kiritdi


Kanadadagi London shahrida figurali uchish bo‘yicha o‘tkazilgan jahon chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi a‘zosi, xalqaro toifadagi sport ustasi Misha Ge muvaffaqiyatli ishtirok etib, Sochi-2014 Olimpiada o‘yinlariga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasining bildirishicha, mazkur jahon chempionatida qishki Olimpiada-2014 o‘yinlarining dastlabki yo‘llanmalari o‘ynaldi.

Erkaklar o‘rtasidagi yakkalik bahslarida 25 davlatdan kelgan 34 nafar sportchi qisqa hamda ixtiyoriy dasturlar bo‘yicha g‘oliblik uchun kurash olib bordi.

Har ikki dastur bo‘yicha 207,50 ball jamg‘argan Misha Ge Olimpiada o‘yinlari yo‘llammasini qo‘lga kiritdi.

- Men eng avvalo Jahon chempionatida O‘zbekiston jamoasi uchun qayg‘urgan, uni qo‘llab - quvvatlagan ishqibozlarga o‘z minnatdorchiligimni bildiraman, - dedi Misha Ge Ozodlik radiosi bilan suhbatda.

Misha Ge ikki marta O‘zbekiston chempioni bo‘lgan.
Misha Ge ikki marta O‘zbekiston chempioni bo‘lgan.
Misha Ge 1991 yilning 17 mayida Moskvada tug‘ilgan. Uning ota-onasi figurali uchish bo‘yicha trenerlardir. Keyinroq uning oilasi Xitoyga ko‘chib ketgan. Xitoydan so‘ng esa Gelar oilasi AQShga doimiy yashash uchun ketgan. AQShda Misha Ge Olimpiada chempioni Evan Laysachekning murabbiysi Frenk Kerrolldan ta‘lim ola boshladi. Misha Ge ayni paytda O‘zbekiston fuqaroligini qabul qilgan.

- Men uch-to‘rt yil avval O‘zbekiston fuqaroligini qabul qildim. Bu juda uzoq davom etgan jarayon bo‘ldi. Bu ishga O‘zbekiston Figurali uchish federatsiyasi, ota-onam va mening komandam juda katta kuch-g‘ayrat sarfladi.O‘zbekistonda bir vaqtlar juda kuchli figurali uchish maktabi shakllangan edi. Bu maktab butun dunyoga tanilgandi.Mening ota-onam buni yaxshi bilgan holda menga O‘zbekiston nomidan chiqishimni qo‘llab-quvvatladi, - dedi Misha Ge.

Misha Ge 2011 yildan boshlab xalqaro musobaqalarda O‘zbekiston nomidan ishtirok eta boshladi. 2009-2011 yillarda u ikki marta O‘zbekiston chempioni unvonini qo‘lga kiritdi. 2011 yilgi Osiyo qishki o‘yinlarida 6-o‘rinni egalladi.

U 2011 yilgacha Konki uchuvchilar xalqaro ittifoqi reytingida 85-o‘rinni egallab kelgan. 2013 yilda Londonda o‘tgan Jahon chempionatida 16-o‘ringa ko‘tarilib, O‘zbekistonga Sochi-2014 qishki Olimpiada o‘yinlarida ishtirok etish huquqini olib berdi.

- Bu men uchun birinchi Olimpiada bo‘ladi. Shuning uchun men bu musobaqaga butun shioatimni baxsh etaman. Barcha imkoniyatlarimizni ishga solamiz. Biroq Sochi Olimpiadasida g‘oliblikni qo‘lga kiritishimiz faqat bizgagina emas, balki Olimpiada tashkilotchilari va xaqamlarning siyosiy qarashlariga ham bog‘liq.. Olimpiadada Rossiya, Kanada va AQSh kabi mazkur sport turi rivojlangan davlatlar bilan musobaqalashish juda qiyin bo‘ladi. Bu davlatlarda bu sportning rivojlanishi ortida turgan yuzlab, minglab odamlar bor. O‘zbekistonda esa bu sport turi hozircha rivojlanmagan, - dedi Misha Ge.

Ozodlik: Siz hozirgina hakamlarning siyosiy qarashlari haqida gapirdingiz. Mana shu jumlani sharhlab bersangiz. Siz nimani nazarda tutdingiz?

- Figurali uchish futbol emas. Futbolda gol ursang sen chempionsan. Bizda esa ko‘p narsani haqamlar hal qiladi.Ularning orasida "o‘zimizneing" haqamlar bo‘lishi kerak va O‘zbekistonda bir qator xalqaro toifadagi hakamlar borligidan mamnunman.Bundan tashqari haqamlar baholash paytida muayyan mamlakatda figurali uchish qanchalik rivojlanganiga, qanchyaa sporchisi borligiga, bu sportchilarning tarixi va yutuqlariga alohida e‘tibor qaratishadi.Masalan,men muvaffaqiyatli chiqish qilishim mumkin. Ammo menga qo‘yilgan baho men bilan tengdosh, ammo xalqaro musobaqalarda 7-8 yildan beri qatnashayotgan va odamlar orasida tanilib qolgan sportchiga nisbatan kamroq bo‘lishi mumkin, - dedi Misha Ge.

Misha Ge Sochi Olimpiadasida O‘zbekiston nomidan figurali uchish bo‘yicha ishtirok etadigan yagona sportchi bo‘ladi.

Misha Gening Kanadada o'tgan figurali uchish bo‘yicha jahon chempionatida qilgan chiqishi:

XS
SM
MD
LG