Линклар

Gimanstika bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a‘zosi, 38 yoshli Oksana Chusovitina Germaniyaning Kottius shahrida jahon birinchiligi musoboqalarining uchinchi bosqichida g‘olib chiqib, oltin medalni qo‘lga kiritdi.

Avvalroq, Chusovitina sport gimnastikachi bo‘yicha Frantsiyada bo‘lib o‘tgan Jahon Kubogi musobaqalarining ikkinchi bosqichida tayanib sakrash bo‘yicha bronza medalini qozongan edi.

Asli o‘zbekistonlik gimnastikachi oilaviy sharoitlari bois, 2006 yildan buyon Germaniyani namoyon etib kelayotgandi.

O‘tgan oy oxirida esa, Xalqaro Gimnastika Federatsiyasi Ijroiy Qo‘mitasi Oksana Chusovitinaning qaytib O‘zbekistonni namoyon etishiga izn berdi.

Oksana Chusovitina jahon sport gimnastikasi tarixida ketma-ket olti Olimpiada o‘yinlarining yagona ayol ishtirokchisi bo‘lgan dongdor gimnastikachi sanaladi.
XS
SM
MD
LG