Линклар

logo-print
Mashhur YouTube videoportalining bir oylik auditoriyasi bir milliard foydalanuvchidan oshdi. Bu haqda portal rasmiy blogida xabar qilindi.

Blogda yozilishicha, bu ko'rsatkich dunyodagi har ikki Internet foydalanuvchidan biri YouTube saytiga kirishini anglatadi.

Agar YouTube xizmati mamlakat bo'lganida, deyiladi xizmat blogida, u dunyodagi eng katta uchinchi mamlakat bo'lar edi. Xitoy va Hindistondan so'ng, albatta.

Internetdagi eng yirik videoxostingning 2012 yilda bergan statistika ma'lumotlariga ko'ra, YouTube foydalanuvchilari har oyida kamida 400 milliard soatlik video tomosha qiladi.

Har bir daqiqada esa saytga kamida 72 soatlik videofayllar yuklanadi. 2011 yilda esa YouTube saytidagi videolar 1 trillion marotaba ko'rilgan.

YouTube xizmati 2005 yilda ishga tushirilgan. 2006 yilda xizmat Google korporatsiyasi tomonidan sotib olingan. Mashhurligi bo'yicha YouTube sayti dunyodagi eng ko'p kiriladigan vebsaytlar uchligiga kiradi.
XS
SM
MD
LG