Линклар

Bugun, 26 mart kuni futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi JCh-2014 saralash o‘yinlari doirasida Toshkentda Livan terma jamoasini qabul qiladi.

O‘yin 2012 yilda ishga tushgan, 35 ming tomoshabinga mo‘ljallangan “Bunyodkor” stadionida bo‘lib o‘tadi.

Saralash bahslarining to‘rtinchi bosiqichi “A” guruhida bellashayotgan O‘zbekiston terma jamoasi ayni damda besh uchrashuvdan so‘ng 8 ochko to‘plagan holda guruhda peshqadamlik qilmoqda.

Livan jamoasi esa to‘rt ochko bilan guruhning eng quyi pog‘onasidan joy olgan.

O‘zbekistonlik futbol muxlislari O‘zbekiston-Livan o‘yiniga chiptalar xarid qilish katta muammoligini aytishmoqda.

“Bunyodkor” stadionidagi ilk rasmiy uchrashuv hisoblanmish bugungi o‘yin Toshkent vaqti bilan 18:00da boshlanadi.
XS
SM
MD
LG