Линклар

logo-print
Futbol bo‘yicha Rossiya terma jamoasi dushanba kuni Londonda o‘tkazilgan o‘rotqlik uchrashuvida Braziliya terma jamoasi bilan 1:1 hisobida durang o‘ynadi.

“Chelsi” klubi maydoni “Stemford Bridj” stadionida o‘tgan o‘yindagi hisob 73-daqiqada ochildi. Unga Rossiya termasi yarim himoyachisi Viktor Fayzulin mualliflik qildi.

Braziliyaliklar esa javob golini o‘yin so‘nggida – 90-daqiqada urishdi. JCh-2014 mezbonlarini mag‘lubiyatdan qutqarib qolgan golni hujumchi Fred kiritdi.

Uchrashuvni tomosha qilgani 35 ming muxlis kelgani aytilmoqda.

XS
SM
MD
LG