Линклар

Шошилинч хабар
11 май 2024, Тошкент вақти: 00:31

Gulnora Karimova o‘zbek futbolchilarini g‘alaba bilan shaxsan tabrikladi


Twitter tarmog'idan olingan surat.
Twitter tarmog'idan olingan surat.
O‘zbekiston prezidentining to‘ng‘ich qizi Gulnora Karimova 26 mart kuni Toshkentda o‘tgan O‘zbekiston-Livan o‘yinidan so‘ng stadion maydoniga chiqib, o‘zbek futbolchilarini g‘alaba bilan shaxsan tabrikladi.

35 ming tomoshabin kelgani aytilgan “Bunyodkor” stadionida o‘tgan uchrashuv O‘zbekiston terma jamoasining 1:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

O‘yindagi yagona golga mezbonlar sardori Server Jeparov uchrashuv 64-daqiqasida mualliflik qildi.

Saralash bahslarining 4-bosqichi “A” guruhida bellashayotgan O‘zbekiston jamoasi 6 uchrashuvdan so‘ng 11 ochko bilan guruhda peshqadamlik qilmoqda.

O‘yinni stadiondan turib tomosha qilgan Gulnora Karimova Tvitter sayti orqali o‘zi boshqargan “Fond Forum” faollariga va Googoosha fan klubi a‘zolariga 100ga yaqin O‘zbekiston-Livan o‘yiniga chiptalar sovg‘a qilganini ma‘lum qildi.
XS
SM
MD
LG