Линклар

Шошилинч хабар
20 апрел 2024, Тошкент вақти: 03:44

Bahs maydoni: O‘quvchilarning Internet kafelarga kirishini nazorat qilish kerakmi?


Ozodlikning navbatdagi "Bahs maydoni"ga o‘zbekistonlik maktab o‘quvchilarining Internet kafelarga kirishini nazorat qilish tarafdorlari va bunga qarshilarni taklif etamiz.

O‘zbekistondan olinayotgan xabarlarga ko‘ra, maktab o‘qituvchilari o‘quvchilarning qanday saytlarga kirishini nazorat qilish uchun internet kafelarda navbatchilik qilmoqda.

Maktab o‘qituvchilari bundan asosiy maqsad bolalarning vaqtini behuda o‘yinlarga sarflamasdan, darslardagi ishtirokini to‘la ta‘minlash va ularning pornosaytlarga kirishining oldini olish ekanligini aytmoqdalar.

Biroq Internet kafelarda o‘quvchilarning qaysi saytlarga kirishini nazorat qilinishi ortida boshqa bir maqsad turganligi aytiladi.

Ya‘ni, ayrim mulohazalarga ko‘ra, o‘quvchilar faol a‘zo bo‘lgan “Odnoklassniki”, “Facebook” singari ijtimoiy tarmoqlarda xolis axborot tarqatuvchi saytlar hamda O‘zbekiston hukumatiga muxolif qarashdagi Internet saytlarida yoritilayotgan mavzular e‘lon qilib borilishi ortidan o‘quvchilarni xolis axborotdan cheklash uchun ham Internet kafelarga nazorat kuchaytirilmoqda.

Huquq himoyachilari fikricha, Internet kafelarida o‘quvchilarning global tarmoqdan foydalanishini nazorat qilish bu erkin ma‘lumotga bo‘lgan cheklovdir.

Navbatdagi "Bahs maydoni"ga o‘zbekistonlik maktab o‘quvchilarining Internet kafelarga kirishini nazorat qilish tarafdorlari va bunga qarshilarni taklif etamiz.

Xo‘sh, maktab o‘quvchilarini Internet kafelarga kirishini nazorat qilishga nechog‘li ehtiyoj bor?

Bolalarga Internetni yaxshi o‘rganish, axborot izlash, olish imkoniyati berishdan ko‘ra, ularni "unga kirma", "bunga kirma" deb nazorat qilish foyda beradimi yoki zarar?

Yoki so‘nggi paytlarda kitob o‘qish, dars tayyorlash o‘rniga tobora Internetga mukkasidan ketayotgan o‘quvchilarning kundalik hayotini tartibga solish uchun shunday nazorat ham kerakdir balki?


Navbatdagi "Bahs maydoni"da ana shu savollar ustida munozara yuritildi.

O‘zbekistonlik, ayni paytda Germaniyada tahsil olayotgan 28 yoshli Bahriddin fikricha, o‘zbekistonlik maktab o‘quvchilarini Internet kafelariga kirishini nazorat qilish o‘qituvchilarning dolzarb vazifalaridan biri. Unga ko‘ra, Internetdan bilib bilmay foydalanish yosh o‘quvchilar dunyoqarashini yaxshi tomonga shakllantirmaydi.

Biroq, farg‘onalik 40 yoshli oliy ma‘lumotli Akmaljon fikricha, Internet kafelarga o‘quvchilarning kirishini nazoratga olish yoshlarning xolis axborot olishga qo‘yilayotgan yangi to‘siqdir.

Bahriddin: Birinchidan, o‘zbekistonlik o‘quvchilar Internet kafelarga kirishidan oldin nima maqsadda kirayotganini bilishi kerak. Chunki Internet shunday narsaki u yerda ham ijtimoiy tarmoqlar bor, ham istagan narsasini ko‘rish mumkin. Albatta bu narsa yoshlarning fikrlashiga va dunyoqarashiga qattiq ta‘sir ko‘rsatishi mumkin...

Akmaljon: Biz 21 asrda yashayapmiz. Hamma davlatlarda Internet kafelarga kirish bemalol. Bundan asosiy maqsad bolalarni har qanaqa saytlarga kirishini cheklash emas, balki xolis axborot olishga o‘rganishni cheklash deb bilaman....

Bahsning to‘liq variantini quyida tinglang:

Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:26:19 0:00
Бевосита линк
XS
SM
MD
LG