Линклар

logo-print

Infarktga chalingani iddao qilingan xabardan 5 kun o‘tib Karimov TV da ko‘rindi


O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimov chorshanba kuni Oqsaroyda Qozog‘iston Tashqi ishlar vaziri Yerlan Idrisovni qabul qilgan. O‘zbekiston milliy axborot agentligi tarqatgan tarqatgan bu xabarni rasmiy Ostona tasdiqladi.

"O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 27 mart kuni Oqsaroyda Qozog‘iston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Yerlan Idrisovni qabul qildi", deyiladi rasmiy xabarda.

O‘zbekiston prezidenti fotosurati ilova qilingan maqolani keyingi kunlarda Internet nashrlarda paydo bo‘layotgan Islom Karimovning xastaligiga doir xabarlarga rasmiy raddiya, deb qabul qilish mumkin.

"Qozog‘iston tashqi ishlar vaziri Prezident Nursulton Nazarboyev nomidan O‘zbekiston Prezidenti va xalqiga ezgu tilaklar va chuqur hurmat-ehtirom izhor etdi", deyiladi yana rasmiy xabarda.

Qozog‘iston Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Ilyos Umarov janob Idrisovning chorshanba kuni prezident Karimov qabulida bo‘lgani haqidagi xabarlarni tasdiqladi.

- Bugun Oqsaroyda O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimov va Qozog‘iston Tashqi ishlar vaziri Idrosov o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Ikki tmonlama aloqalarni rivojlantirish masalalari muxokama etildi. Shuningdek, Markaziy Osiyodagi mavjud tahdidlarga qarshi turishda integratsiya mavzusi ko‘tarildi,- dedi Qozog‘iston tashqi ishlar vazirligi matbuot vakili.

Umarovga ko‘ra, Qozog‘iston Tashqi ishlar vazirligi Toshkentdagi uchrashuv oldidan prezident Islom Karimovning yurak hurujiga uchragani haqida 26 mart kuni Internetda paydo bo‘lgan iddaolardan xabardor bo‘lgan.

- Bu haqda Internetdagi xabarlarni o‘qigandik. Lekin, Karimovning sog‘ligi haqda hech narsa ayta olmayman. Men O‘zbekistonga borganim yo‘q. Toshkentda uchrashuv bo‘lgan ekan, hammasi joyda aftidan,- dedi Ilyosov.

O‘tgan hafta muxolifatdagi O‘zbekiston Xalq Harakati Prezident Karimov 19 mart kuni yurak xurujini boshdan kechirgani haqida xabar tarqatgan edi. O‘zbekiston muxolifati bu xabar bir nechta bir-biridan mustaqil manbalar tomonidan tasdiqlanganini aytgan.

O‘zbekiston televideniyesi orqali Islom Karimov namoyish etilganidan so‘ng mikrofon tutgan Ozodlik muxbiriga javoban O‘XH raisi Muhammad Solih o‘z iddaosidan qaytmasligini aytdi.

- Karimov 10 yildan beri biostimulyatorlar bilan yashab kelayotgan shaxs. Bu ham bizning sog‘lom manbalarimizdan olingan ma‘lumot. Agar bugun oyoqqa turgan bo‘lsa, bu bizning xabar yolg‘onligini anglatmaydi, dedi Muhammad Solih.

Seshanba kuni prezidentning to‘ng‘ich qizi Gulnora Karimova ham Twitter mikroblog sahifasida otasining yurak xurujiga yo‘liqqaniga oid muxolifat manbalari tarqatgan xabarni rad etdi. Karimova o‘z raddiyasini otasi Navruz bayramida 20 daqiqa raqsga tushgani bilan asosladi.
XS
SM
MD
LG