Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 17:01

Maksim Bakeiv 25 yilga sirtdan kesildi


Bishkek shahar Birinchi may tuman sudi 26 mart kuni sobiq prezident Qurmanbek Bakiyevning o‘g‘li Maksimni sirtdan 25 yilga ozodlikdan mahrum etdi.

Otasi hukumronligi davrida Qirg‘iziston Taraqqiyot, investitsiyalar va innovatsiyalar agentligiga rahbarlik qilgan Maksim Bakiyev Jinoyat kodeksining korruptsiya va Qirg‘iziston manfaatlariga zid holda davlat xaridini amalga oshirish uchun shartnoma tuzish moddalari bo‘yicha aybdor deb topildi.

Sud qarorini inobatga olgan holda Bosh prokuratura Maksim Bakiyevni Buyuk Britaniyadan Qirg‘izistonga ekstraditsiya qilish harakatlarini davom ettirmoqchi.
XS
SM
MD
LG