Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 16:58

Mart-2013 Rossiyada 60 yillik rekordni urdi


Rossiyada 2013 yil mart oyida qayd etilgan havo harorati keyingi yarim asr davomida kuzatilmagan. Mamlakatning yirik shaharlarini misli ko‘rilmagan yog‘ingarchilikdan tozalashga markaziy-osiyolik mehnat muhojirlari safarbar qilindi.

Tugab borayotgan mart oyida Moskvada havo harorati so‘nggi 33 yil davomida eng past darajaga tushdi. “Fobos” Ob-havo markazi mutaxassislari hisob-kitobiga ko‘ra, 2013 yilning mart oyi davomida kuzatilgan harorat odatda yanvar oxiri - fevral boshlariga xosdir.

Rossiyaning Yevropa qismidagi bunday sovuq ob-havo esa 1950 yillar boshlaridan buyon kuzatilmagan.

Aniqlanishicha, mart hatto fevraldan ham sovuqroq kelgan. O‘tgan hafta davomida Rossiyaning markaziy mintaqalarida harorat 20 darajadan past bo‘ldi.

Rossiyaning markazi, xususan Moskvada havoning keskin sovushi bilan birga yog‘ingarchilik rekordi ham o‘rnatildi. Shundoq ham avtomobil tiqinlari odatiy holga aylanib qolgan Rossiya poytaxtida yuzlab kilometrga cho‘zilib ketgan avtomobil probkalari yuzaga keldi.

Aynan shu kunlarda Moskvani qordan tozalashga minglab mehnat muhojirlari tashlandi.

Россияда меҳнат муҳожирлари
Илтимос кутинг
Киритиш (Embed)

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:05:02 0:00


Moskva shahar ma‘muriyatining ma‘lum qilishicha, hozirda shaharni tozalash uchun qo‘shimcha 30 foizlik mehnat kuchiga ehtiyoj bor. Moskvaning Markaziy ma‘muriy okrugida 4,7 ming, Sharqiyda – 5 ming, Shimoli-Sharqiyda – 3,1 ming, G‘arbiy okrugda – 3,5 mingdan ziyod farrosh va xizmatkorlar ishlamoqda.

Moskvaning yo‘l-transport shirkatlari jami 5 ming xorijlikni tozalash ishlariga jalb qilgan.

Shu bilan birga, Moskva meriyasi 14 ming ishga ruxsatnomani bekor qilgani va 140 ga yaqin xorijlik ishchilarni yollab ishlatayotgan shirkatni ma‘muriy javobgarlikka tortdi.

Umuman olganda, 2010 yildan boshlab Moskvada ishchilarga bo‘lgan kvotalar 250 ming kishidan 200 minggacha kamaytirildi. Moskva hukumati hozirda shaharda 186 ming mehnat muhojiri rasman ishlayotganini gapirmoqda.

Mutaxassislar bu ko‘rsatkichlar aslida ko‘proq ekani, chunki ish beruvchi kommunal-xo‘jalik bo‘limlari rahbariyati odatda ishga ruxsatnomasi yo‘q va rasmiy dvorniklardan ikki barobar kam haq oladigan ishchilarni yollashni ma‘qul ko‘radi.

Kuzatuvchilar ko‘cha tozalovchi va qor kurovchi ishchilarning yetishmasligi eng avvalo shahar ma‘muriyatining bu ishlarni mexanizatsiyalashga istagi yo‘qligi, buning o‘rniga o‘zbek, qirg‘iz va tojiklardan iborat arzon ishchi kuchidan foydalanishini sabab qilib ko‘rsatib keladi.

Bu ayblovlarga javoban Moskvaning birgina Markaziy okrugi uchun 4,5 ming dona “vakuumli so‘rgich” mashinalari sotib olingani xabar qilindi.
XS
SM
MD
LG