Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 09:16

Tataristonda yosh qizchani o‘ldirganlikda ayblangan o‘zbek ishi sudga oshiriladivasil


O‘zbekiston fuqarosi o‘ldirgani gumon qilinayotgan Vasilisa Galitsina 8 yoshda bo‘lgan.
O‘zbekiston fuqarosi o‘ldirgani gumon qilinayotgan Vasilisa Galitsina 8 yoshda bo‘lgan.
Tataristoning Naberejniye Chelni shahrida 8 yashar Vasilisa Galitsinani o‘ldirganlikda gumonlanib, qo‘lga olingan O‘zbekiston fuqarosi Farrux Toshboyevga yakuniy ayblov e‘lon qilindi. Sud aybdor deb topsa, Toshboyev umrbod qamoq jazosiga hukm etilishi mumkin.

Rossiya Federatsiyasining Tatariston Respublikasi bo‘yicha Tergov qo‘mitasi matbuot kotibi Andrey Sheptitskiy Ozodlikka 8 yashar qizchani o‘ldirganlikda gumon qilingan O‘zbekiston fuqarosi Farrux Toshboyevga 28 mart kuni yakuniy ayblov e‘lon qilinganini ma‘lum qildi.

- Toshboyevga voyaga yetmagan shaxsni o‘g‘irlaganlik, jinsiy zo‘rlash, yosh bolani o‘ldirish bo‘yicha yakuniy ayblov e‘lon qilindi. Ammo u o‘z aybini tan olmadi. Yaqin fursatda jarblanuvchi tomon va ayblanuvchi ish bilan tanishganidan keyin bu ish sudga oshiriladi,- dedi Tergov qo‘mitasi matbuot kotibi.

Naberejniye Chelni shahridagi maktabning ikkinchi sinf o‘quvchisi bo‘lgan Vasilisa Galitsina joriy yil 2 fevral oqshomida maktabdan qaytayotgan paytda bedarak yo‘qolganidan keyin qidiruvga berilgan. Oradan bir kun o‘tgach, shaharning boshqa bir mavzeida unga tegishli ashyolar topilgan.

5 fevral kuni politsiya qizchani o‘g‘irlaganlikda gumonlab, 30 yoshli Farrux Toshboyevni qo‘lga olgan.

Naberejniye Chelni shahrida 2010 yildan beri yashab, reklama agentligida ishlagan bu yigit oradan bir kun o‘tgach, qilgan jinoyatiga iqror bo‘lgan va qizchaning jasadi ko‘milgan joyni ko‘rsatib bergan.

Tatariston Respublikasi Tergov qo‘mitasi matbuot xizmatiga ko‘ra, tekshiruv natijalari qizcha ko‘krak qafasi, o‘pka va yuragiga yetkazilgan jarohat tufayli ko‘p qon yo‘qotish natijasida jon berganini ko‘rsatgan.

Bundan tashqari Vasilisa Galitsina jasadida bo‘g‘ish va jinsiy zo‘rlanganlik izlari ham aniqlangan.

Ozodlik radiosining Naberejniye Chelni shahridagi muxbiri G‘afiulla Gazizga ko‘ra, Toshboyev hibsga olinganidan keyin, u psixologik ekspertizadan ham o‘tkazilgan.

- Uni qo‘lga olishganidan keyin darhol Qozon shahriga olib ketishgan. Qozonda psixologik ekspertiza o‘tkazilgan,- dedi G‘afiulla Gaziz.

Unga ko‘ra, Tataristondagi axborot vositalari ekspertiza natijasi Toshboyev ruhan sog‘ ekanini ko‘rsatganini xabar qilgan. O‘shandan beri huquq-tartibot organlari Toshboyevning ishi bo‘yicha axborot vositalariga ma‘lumot bermagan.

Naberejniy Chelni shahridagi o‘zbeklar jamoasi rahbari Timur Abdurahmonov Ozodlik bilan suhbatda o‘z tashkiloti a‘zolari Farruh Toshboyevni tanimaganlarini aytdi.

- O‘zimizning bolalardan hech kim uni tanimaydi. Biz ham uni tanimasdik. U faqat o‘zbekistonlik. Rossiyada yashash uchun ruxsatnoma olgan, deydi Timur Abdurahmonov.

Tatariston Respublikasi Tergov qo‘mitasi boshqarmasi matbuot kotibi Andrey Sheptitskiy, Ozodlik bilan suhbatda, agar sud Farrux Toshboyevni aybdor deb topsa, u umrbod qamoq jazosiga hukm etilishi mumkinligini aytdi.

Ozodlik radiosi O‘zbekiston fuqarosi Farrux Toshboyevning ishi bo‘yicha olib borilayotgan tekshiruv jarayonini kuzatishda davom etadi.
XS
SM
MD
LG