Линклар

Шошилинч хабар
11 май 2024, Тошкент вақти: 07:36

AQSh bombardimonchi uchqichlari Janubiy Koreyaga bomba mulyajini tashladi


B-2 jangovar uchqichlari radar to'lqinlarida "ushlanmasligi" aytiladi.
B-2 jangovar uchqichlari radar to'lqinlarida "ushlanmasligi" aytiladi.
AQShga qarashli stels rusumidagi bombardimonchi samolyotlar Janubiy Koreya osmonida harbiy mashqlarni o‘tkazdi. AQSh harbiylariga ko‘ra, B-2 rusumidagi ikkita jangovar uchqich payshanba kuni Amerikaning Missuri shtatidan Janubiy Koreyagacha uchib borib, bomba mulyajini nishon, deb tanlangan hududga tashlagan.
AQSh harbiylari bayonotida aytilishicha, jangovar uchqichlar Missuridagi harbiy bazadan Janubiy Koreyagacha va u yerdan ortga qaytish uchun 21 ming kilometrlik masofani “to‘xtovsiz uchib o‘tgan".
Yonhap agentligi mazkur missiya AQSh va Janubiy Koreya o‘rtasidagi qo‘shma harbiy mashqning bir qismidir, deya xabar qildi.
Bu mashqlar Shimoliy Koreya jahlini chiqardi va Pxenьyan “har daqiqada urush boshlanib ketishi mumkinligidan” ogohlantirdi.
O‘tgan oyda uchinchi yadroviy sinovni oshirgan Shimoliy Koreya joriy hafta boshida o‘z raketalari va artilleriya qurollari Janubiy Koreya va Qo‘shma Shtatlardagi bazalarga qaratilgani bilan tahdid qildi.
XS
SM
MD
LG