Chorvoqda halok bo‘lgan o‘zbekistonlik 12 yashar sportchi qiz Naddel Gaziyevaning otasi Nail Gaziyev Ozodlik bilan suhbatda fojeadan sakkiz oy o‘tib ham qizining o‘limiga sabab bo‘lganlar jazosiz qolayotganini aytdi.
O‘tgan yilning iyul oyida Toshkent viloyatining Chorvoq dam olish maskanidagi suv havzasida 12 yoshli o‘zbekistonlik sportchi Naddel Gaziyeva halok bo‘lgan edi.
Katamaranda sayr qilayotgan bolalarni suv to‘lqini bilan "siylamoqchi bo‘lgan" bezori skuteri boshqaruvini yo‘qotib, ularni urib yuborgan. Oqibatda katamarandagi ikki bola boshidan jarohatlangan, xushsiz Naddel shu zahoti suvga cho‘kib halok bo‘lgan.
Sportchi qizning jasadi hodisadan bir hafta o‘tib suv havzasidan topilgan.
Fojiadan sakkiz oy o‘tdi, lekin bolalarni skuterda urib yuborgan 19 yoshli Mirzohid To‘ychiyev ham, unga skuterni kiraga berganlar ham, plyajda xavfsizlik choralari uchun mas‘ullar ham jazoga tortilgani yo‘q, deydi Naddelning otasi Nail Gaziyev.
- Dekabr oyida bo‘lib o‘tgan sud yigit buni extiyotkorsizlik tufayli qilgan, degan qarorga keldi. Lekin biz bu qarordan norozimiz,- deydi Nail Gaziyev.
Ma‘lum bo‘lishicha, mahkamada Toshkent viloyat prokuraturasi To‘ychiyevga kamida sakkiz yillik qamoq jazosi tayinlashni so‘ragan.
Shuningdek, prokuratura katamaran va skuterni kiraga berganlarni ham jazolashni talab qilgan.
Lekin, 12 yoshli qizchaning o‘limiga sabab bo‘lganlarga hech qanday jazo tayinlanmadi, deydi jabrlanuvchi otasi.
- Hozir biz sudning bu qarori yuzasidan shikoyat kiritganmiz va aybdorlar jazolanib, adolat qaror topishiga umid qilyapmiz,- deydi Nail Gaziyev.
Halok bo‘lgan 12 yoshli qizning otasi o‘spirinning odamlarni o‘ldirish niyati bo‘lmaganiga ishonishini, lekin har qanday transport vositasini mas‘uliyatsiz boshqargan kimsa jazoga loyiq ekanini aytadi.
- Balki u katamarandagilarni suv to‘lqini bilan siylamoqchi bo‘lgandir. Guvohlarning aytishlaricha, odamlar bunday qilmagin, deb uni bir necha marta ogohlantirishgan, lekin u quloq solmagan,- deydi Gaziyev.
Xabarlarga ko‘ra, Naddelning o‘limidan keyin yana shunga o‘xshash vaziyatlarda 4 kishi suvga cho‘kib ketib hayotdan ko‘z yumgan.
Naddel Gaziyeva 12 yoshda O‘zbekiston sha‘nini xalqaro maydonlarda himoya qilib, sport raqsi bo‘yicha ko‘plab sovrinlarni qo‘lga kiritgan.
Bir necha marta O‘zbekiston chempioni, ikki karra Osiyo chempioni bo‘lgan. O‘tgan yili Italiyada bo‘lib o‘tgan jahon chempionatida kuchli o‘nlikdan joy olgan edi.