Линклар

Шошилинч хабар
20 апрел 2024, Тошкент вақти: 10:45

Qirg‘izistonda da‘vatchilarning kimligi o‘rganildi


Qirg‘iziston muftiysi parlamentda “Tablig‘i jamoat”ning ekstremistik tashkilotlar ro‘yxatiga kiritilishiga qarshilik ko‘rsatganidan so‘ng Bishkekdagi Amerika universiteti mutaxasislari mazkur oqim faoliyatini tadqiq qildilar.

Bundan bir oy oldin Qirg‘iziston parlamentida mamlakatdagi diniy vaziyat muhokama qilingan va huquq -tartibot tuzilmalari “Tablig‘i jamoat” tashkilotini taqiqlangan oqimlar ro‘yxatiga kiritish taklifini kun tartibiga qo‘ygan edi. Qirg‘iziston muftiysi Raxmatullo hoji Egamberdiyev o‘shanda parlamentda qilgan chiqishida tablig‘chilarning ekstremist yoki terrorchi emasligini aytib, himoya qilgan, oqibatda kuchishlatar tuzilmalarning mazkur tashkilotni ta‘qiqlangan oqimlar ro‘yxatiga kiritish taklifi inobatga olinmay qolgan.

Shundan so‘ng Bishkekdagi Markaziy Osiyo Amerika universiteti mutaxasislari “Tablig‘i jamoat” faoliyatini o‘rgandi. Tadqiqotchilarning bildirishicha, bugungi kunda “Tablig‘i jamoat” Qirg‘izistonning barcha viloyatlarida keng tomir otgan. Viloyatlarda bu jamoa a‘zolari da‘vatchilar sifatida tanilgan.

-“Tablig‘i jamoat” Qirg‘izistonda qanday paydo bo‘ldi, u mahalliy aholiga qanday ta‘sir ko‘rsatmoqda va aholi orasida qanday obro‘ga ega degan savollarga javob qidirdik. Bundan tashqari da‘vatchilar ayolning islomdagi va jamiyatdagi o‘rnini qanday tushuntiradi, degan masalani ham o‘rgandik. Uchinchidan, da‘vatchilar va hukumat o‘rtasidagi munosabatga ham e‘tibor qaratdik, -dedi tadqiqotchilardan biri Mukaram Toktogulova.

Tadqiqotda aytilishicha, “Tablig‘i jamoat” 1927 yilda Hindistonda Ilyos Kandehlavi tomonidan tuzilgan. Dastlabki tablig‘chilar Qirg‘izistonda 1990 yilda paydo bo‘lgan. Bugungi kunda mazkur oqim a‘zolari soni Qirg‘izistonda kamida 6 ming kishini tashkil etadi. Birgina 2012 yilda tablig‘chilar tomonidan 600 marotaba qirq kunlik da‘vat tadbirlari o‘tkazilgan.

Tadqiqotchilarga ko‘ra, jamoa tomonidan ekstremistik g‘oyalar targ‘ib qilingani aniqlangan emas.

Tadqiqotchilar fikri Qirg‘iziston muftiyati pozitsiyasi bilan hamohang bo‘lsa-da, ayrim hukumat tashkilotlari, jumladan, kuchishlatar tuzilmalar “Tablig‘i jamoat” faoliyatini cheklash zarur degan nuqtai nazarda qolmoqda.

Ayrim tablig‘chilar da‘vatga ketayotgan paytda oila a‘zolarini pulsiz va oziq-ovqatsiz qoldirayotgani, da‘vatga chiqqanlarning uzun ko‘ylak kiyishlari va betartib saqol qo‘yishlari ham jamiyatning bir qismiga yoqmayapti.

Biroq “Tablig‘i jamoat” oqimi vakili Qamchibek O‘murzakov da‘vatchilarga nisbatan paydo bo‘lgan bu kabi qarashlar noto‘g‘ri ekanini aytdi:

-Har bir oilada bir ahmoq bo‘lishi mumkin. Ular biror kamchilikka yo‘l qo‘ysa, darrov “Tablig‘i jamoat” mana shunday yomon ekan degan xulosaga kelish kerak emas, - dedi “Tablig‘i jamoat” vakili.
XS
SM
MD
LG