Линклар

Шошилинч хабар
26 апрел 2024, Тошкент вақти: 02:18

Galaxy S4 smartfonining AQShdagi narxi e'lon qilindi


Savdo rekordlarini "urgan" Galaxy S3 apparati.
Savdo rekordlarini "urgan" Galaxy S3 apparati.

Samsung shirkati tarafidan 15 mart kuni taqdim etilgan Galaxy S4 smartfoni 16 apreldan boshlab AQShda sotuvga chiqadi.


Smartfonning dastlabki partiyasi AT&T mobil operatori orqali sotilishi aytilmoqda. Ikki yillik tarif rejasi bilan birga sotiladagan Galaxy S4 ning narxi 250 AQSh dollaridan boshlanadi.

Janubiy Koreya shirkatining mobil telefonlar bozorida katta shov-shuvlarga sabab bo'lgan yangi smartfoni 15 mart kuni Nyu York shahrida e'lon qilingan edi.

Apparatning O'zbekiston bozorida qachon kelishi va uning o'zbek bozoridagi narxi qancha bo'lishi haqida hozircha aniq ma'lumot yo'q.

Biroq bundan bir necha kun avval Galaxy S4 ning Rossiyadagi narxi e'lon qilingan edi. Lenta.ru nashri bergan xabarga ko'ra, smartfonning 16 gigabaytli versiyasi Rossiyada 29990 rubldan (taqriban 965 AQSh dollari) sotiladi.


Yangi Galaxy ning o'zgachaliklari


Samsung Galaxy S4 telefoni displeyi diagonal bo‘yicha besh dyuym, ya‘ni 12,7 santimetr bo‘lib, salfi Samsung Galaxy S3dagi 12,1 santimetrdan biroz kattaroqdir. Yangi telefon funktsiyalarini qo‘l tekizmasdan odam nigohi yoki apparatni qimirlatish orqali boshqarish mumkinligi bilan S3dan farq qiladi.

Samsung Galaxy S4 telefoni ekrani ustiga o‘rnatilgan kamera yordamida odam ko‘zining harakatini kuzata oladi, masalan, foydalanuvchi video ko‘rayotgan paytda, nigohini ekrnadan olsa, video tasvir to‘xtab qoladi. Darvoqe, yangi telefonga 13 megapiksellik kamera o‘rnatilgan va bu ko‘rsatkich bo‘yicha unga teng keladigani yo‘q.

Smartfon 1,9 GHz quad-core protsessorida ishlashi bilan ham mobil telfonlar bozrorida yetakchi pozitsiyani egallamoqda.

Apparatga o‘rnatilgan yana bir yangilik – Air Gesture dasturi yordamida foydalanuvchi kaftini ekraniga tekkizmasdan, ustidan o‘tkazib galereyadagi fotolarni o‘zgartirishi mumkin.

Yangi smartfonning AirView funktsiyasi esa olingan imeyl yoki SMSni ochmasdan turib, barmoqni unga yaqinlashtirgan holda, ichidagi yozuvni ekranga chiqarish imkonini beradi.

Samsung Galaxy S4 telefoniga o‘rnatilgan S Translator funktsiyasi 9 tildagi SMS, imeyl yoki ovozli maktublarni tarjima qilib berishi mumkin. Mazkur funktsiya hozircha o‘zbek tilini o‘z ichiga olmaydi. S Translator funktsiyasini so‘zlashgich yoki tarjimon sifatida ishlatish mumkin. Masalan, foydalanuvchi ingliz tilida, ovoz chiqarib aytgan gapni nemis yoki xitoy tiliga tarjima qilib beradi.

Bundan tashqari Samsung Galaxy S4 telefoni egasi o‘z sog‘lig‘ini ham kuzatib turishi mumkin. Telefon apparatiga qo‘shimcha sotib olinadigan moslama yordamida turli odam organizmiga doir turli ma‘lumotlar ekranga chiqariladi.

Samsung Galaxy S4 telefoniga Full HD Super AMOLED, ya‘ni 1080r displeyi o‘rnatilgan. 1 dyuym maydondagi piksellar zichligi 441ni tashkil qiladi.

Yangi telefon Android 4.2.2 Jelly Bean dasturida ishlaydi.
XS
SM
MD
LG