Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 06:41

YouTube 1 aprel kuni yopiladimi?


Google shirkatiga tegishli YouTube videoportali 1 aprel kuni 10 yilga yopiladi. Taniqli videoxostingning 2023 yilgacha yopilishi haqida YouTube ma'muriyati tayyorlagan videolavha orqali 31 mart kuni e'lon qilindi.

Videolavhada aytilishicha, YouTube xizmati 2005 yilda yagona maqsadni ko'zlab - dunyodagi eng yaxshi videoni tanlab olish uchun ishga tushirilgan.

- Bugun yarim tunda youtube.com saytiga videolar yuklanish to'xtatiladi. Sakkiz ajoyib yildan so'ng nihoyat barcha yuklangan videolarni ko'rikdan o'tkazish va g'olibni tanlab olish vaqti keldi, - deydi YouTube ma'muriyati vakili videoda.



150 mingdan oshiq videolar orasida eng yaxshisini tanlash uchun 10 yil vaqt ketadi va eng yaxshi video muallifi 2023 yilda aniqlanadi, deyiladi YouTube videolavhasida.

Tanlovning hakamlar hay'atiga YouTube sayti orqali online yulduzga aylangan insonlar jalb etiladi. G'olibga 500 dollarlik pul mukofoti va mp3 pleyer berilishi aytilmoqda.

Bundan tashqari, sayt ma'muriyatiga ko'ra, 2023 yilda YouTube saytidagi barcha videolar o'chirilib, faqat eng yaxshi deb tanlangan video qoldiriladi.

Bir oylik adutiroiyasi bir milliard foydalanuvchiga yetgan YouTube saytining yopilishi haqidagi e'lonning 1 aprel - xazil-mutoyiba kuni oldidan chiqishi esa ko'pchilikda shubha uyg'otmoqda.

Bu YouTube saytining 1 aprel kuniga bag'ishlangan xazilimi? Buni bir necha soatdan so'ng bilib olamiz.
XS
SM
MD
LG