Линклар

logo-print
Bugun, 2 aprel kuni Toshkentning “Bunyodkor” futbol klubi OFK Chempionlar ligasi guruh bosqichi doirasida o‘z stadionida Xitoyning “Beytszin Goan” jamoasini qabul qiladi.

O‘yin “Bunyodkor” stadionida Toshkent vaqti bilan soat 17:00 da boshlanadi. Unda “qaldirg‘ochlar” oq libosda, mehmon jamoa esa yashil rangli formada maydonga tushadi.

Eslatamiz, “Beytszin Goan” jamoasining asosiy tarkibida o‘zbekistonlik yosh futbolchi, “Paxtakor”dan ijaraga olingan 21 yoshli himoyachi Yegor Krimets joy olgan.

Chempionlar ligasining “G” guruhida bellashayotgan “Bunyodkor” klubi ikki turdan so‘ng to‘rt ochko to‘plagan holda guruhda peshqadamlik qilmoqda.
XS
SM
MD
LG