Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 12:00

Facebook smartfoni: rostmi yoki yolg'on?


Facebook tarmog'i asoschisi Mark Zukerberg.
Facebook tarmog'i asoschisi Mark Zukerberg.
Qator taniqli texlobloglar va online nashrlar Facebook kompaniyasining HTC mobil telefonlar shirkati bilan birgalikda dunyodagi eng katta ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari uchun smartfon ishlab chiqqani haqida xabar bermoqda.

Xabarlarga ko'ra, yangi apparat 4 aprel kuni Facebook shirkatining Kaliforniyadagi bosh qarorgohida o'tadigan matbuot anjumanida e'lon qilinadi.

Ayni damda Facebook va HTC shirkatlari ushbu xabarni na tasdiqladi, na inkor etmoqda.

1 milliarddan oshiq Facebook foydalanuvchilari uchun chiqarilgan smartfon o'zgartirilgan Android operatsion tizimi asosida ishlashi aytilmoqda.

TechCrunch texnoblogiga ko'ra, o'zgartirilgan Android tizimiga Facebook dasturlari va xizmatlari oldindan o'rnatilgan bo'ladi.

Blogda yozilishicha, smartfon bosh sahifasida Facebook lentasidagi so'nggi o'zgarishlar chiqib turadi. Foydalanuvchi oldindan o'rnatilgan Facebook Messenger dasturi orqali tarmoqdagi do'stlari bilan to'g'ridan-to'g'ri muloqotda bo'lishi mumkin.

Apparatda kameraga olingan suratlar esa avtomatik ravishda foydalanuvchining Facebook sahifasiga yuklash funksiyasi bo'lishi aytilmoqda.

Mark Zukerberg asos solgan ijtimoiy tarmoqning smartfon ustida ish olib borayotgani haqidagi mish-mishlar bir necha yildan beri texnobloglarda bahs etib kelinadi.

Bunga Facebookning 2011 yilda HTC shirkati chiqargan Salsa va ChaCha smartfonlariga ijtimoiy tarmoqqa to'g'ridan-to'g'ri eltuvchi alohida tugmacha o'rnatgani sabab bo'lgan edi.

Tarmoq berayotgan statistikaga ko'ra, o'zbekistonlik Facebook foydalanuvchilari soni 160 mingga yetgan. Ularning 64 foizi erkaklar, 36 foizi esa ayollardir.

Aziz mushtariy, siz Facebook smartfonini sotib olarmidingiz? Odnoklassniki yoki Twitternikinichi?
XS
SM
MD
LG