Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 11:19

Karimov qarindoshchilikka qarshi kurashga chorladi


Prezident Karimov Xalq deputatlari Toshkent viloyat Kengashi sessiyasida so‘zlagan nutqi davomida rahbarlarni xalqning dardu-tashvishlari, orzu- umidlari bilan yashashga da‘vat etdi.

Mulozimlarni odamlarni bir-biridan ajratmasdan, hammaga adolatli munosabatda bo‘lish, tanish-bilishchilik va qarindosh urug‘chilikdan uzoq turish haqida ogohlantirdi.

Sessiyada Ahmadjon Usmonovni Toshkent viloyatining yangi hokimi etib tayinlar ekan, janob Karimov vilotning endilikda sobiq hokimi Rustam Xolmatovni tanish-bilishchilikka yo‘l qo‘yib, aholini gaz va elektr, shuningdek, yoshlarni ish bilan ta‘minlamagani uchun qattiq tanqid qildi.

"Agar u o‘z atrofida odamlarni mamlakatni rivojlantirishdek ezgu maqsad yo‘lida birlashtirganida, bunday muammolar kelib chiqmas edi", dedi O‘zbekiston rahbari.

Bu prezident Islom Karimovning sog‘ligi yomonlashgani haqida xabarlar tarqalgan 22 martdan buyon jamoatchilik oldida ilk bor ma‘ruza qilishidir.

Rustam Xolmatov taqdiri borasida hozircha aniq ma‘lumot yo‘q. Toshkent viloyatiga yangi tayinlangan hokim general Ahmadjon Usmonov shu paytgacha Andijon viloyatini boshqarib kelgan.

55 yoshli Usmonov O‘zbekiston bosh vaziri Shavkat Mirziyoyevning odami ekani tahmin etiladi.

90-yillar oxirlarida Ahmadjon Usmonov Jizzax viloyat ichki ishlar boshqarmasiga rahbarlik qilgan. Keyinchalik esa, u Namangan viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i bo‘lgan.

2005 yil 13 may kungi Andijondagi g‘alayonlar ortidan prezident Islom Karimov militsiya generali Usmonovni mazkur viloyatga hokim etib tayinlagan edi.
XS
SM
MD
LG