Линклар

Osiyo Chempionlar ligasi-2013 musobaqasining guruh bosqich 3-turi doirasida o‘tgan "Bunyodkor" va Xitoyning "Beytszin Goan" klublari o‘rtasidagi uchrashuv 0:0 hisobi bilan yakunlandi.

O‘yin Toshkentning “Bunyodkor” stadionida 2 aprel kuni bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvning boshidanoq mezbonlar hujumga e‘tibor qaratishdi. Ikkala bo‘limda ham “Bunyodkor” o‘yinchilarida hisobni ochish uchun qator qulay imkoniyatlar bo‘ldi. Biroq xitoylik futbolchilar himoyada xatoga yo‘l qo‘yishmadi.

“Beytszin Goan” jamoasining asosiy tarkibida maydonga tushgan o‘zbekistonlik yosh futbolchi, “Paxtakor”dan ijaraga olingan 21 yoshli Yegor Krimets mehmonlar himoyasida ishonchli o‘yin ko‘rsatdi.

“Bunyodkor” klubi bellashayotgan “G” guruhidagi ikkinchi juftlik o‘yinida Yaponiyaning “Sanfrechche Xirosima” klubi o‘z uyida Janubiy Koreyaning “Pohang Stilers” jamoasiga 0:1 hisobida mag‘lub bo‘ldi.

Ayni damda “Bunyodkor” uch turdan so‘ng besh ochko to‘plab, gollar nisbatidagi ustunligi tufayli “G” guruhida peshqadamlikni saqlab qolmoqda.
XS
SM
MD
LG