Линклар

Yevropaning eng keksa insoni hisoblanmish italiyalik Mariya Radaelli 2 aprel kuni, o‘zining 114-tug‘ilgan kuni arafasida vafot etdi.

Mariya Radaelli 1899 yilning 3 aprelida Italiyaning Lombardiya hududida tug‘ilgan.

U 40 yil davomida pillachilik fabrikasida ishlagan.

Italiyalik keksa ayol Milanning “Inter” futbol klubiga ashaddiy muxlis bo‘lgani aytilmoqda.

O‘tgan yili Mariya Radaellining 113-tug‘ilgan kuni munosabati bilan “Inter” futbol klubi katta bayram bazmi uyushtirgan edi.

1908 yilda, Radaelli 9 yoshga to‘lganda tashkil topgan “Inter” klubi o‘z veb-sahifasi orqali eng keksa muxlisi yaqinlariga ta‘ziya izhor etdi.
XS
SM
MD
LG